Karina Tigranovna Akopova (, ; 2003-yil 16-iyunda tugʻilgan) hozirda Armaniston nomidan ishtirok etuvchi figurali uchuvchi. Hozirgi kunda musobaqalardagi jufti Nikita Raxmanin boʻlib, u bilan birga 2026-yilda Armaniston chempioni boʻlgan. Shuningdek, Armaniston nomidan figurali uchish boʻyicha 2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.

Akopova Raxmanin bilan Rossiya nomidan musobaqada ishtirok etib, 2021-yilgi Budapesht kubogi chempioni, 2021-yilgi Denis Ten xotira musobaqasi chempioni hamda 2022-yilgi kubok chempioni boʻlgan.

Sobiq jufti Maksim Shagalov va Karina Akopova 2019-yilgi Volvo ochiq kubogida kumush medal, shuningdek, 2020-yilgi Bavariya ochiq musobaqasi bronza medali sohibi boʻlishgan.

Shaxsiy hayoti Karina Akopova 2003-yil 16-iyunda Rossiyaning Moskva shahrida tugʻilgan. Ota-onasining ajdodlari armanistonliklar boʻlgan. Onasining oilasi Birinchi Togʻli Qorabogʻ urushi tufayli koʻchirilib, 1988-yilda Rossiyaga joylashgan. Akopovaning familiyasi sovet davrida ruslashtirish va maʼmuriy bosim natijasida ruscha shaklga ega boʻlgan.

Sportchi ilgari Sport va turizm boʻyicha Kuban universitetida oʻqigan. U rus, arman va ingliz tillarida soʻzlasha oladi.

2019-yildan beri Akopova sportdagi jufti Nikita Raxmanin bilan munosabatda.

U 2014-yilgi Qishki Olimpida oʻyinlari chempioni boʻlgan juftlik Volosozhar va Trankovni oʻziga ibrat sifatida koʻrsatadi.

Faoliyati

Akopova 2008-yilda 5 yoshida konkida uchishni oʻrganishni boshlagan. Dastlab figurali uchish boʻyicha bir necha murabbiylari uni boshqa sportchilarga nisbatan ancha kech faoliyatini boshlagani sababli bu sport turi bilan professional shugʻullanishiga qiziqish bildirmagan. Oxir-oqibat, Akopovaga murabbiy Irina Borisovna Straxovaning guruhiga sinov mashgʻulotiga borish tavsiya etilgan. Shundan keyin u Akopovani shogird sifatida qabul qilgan. Akopovaning juftlik yoʻnalishidagi salohiyatini koʻrgan Borisovna Straxova keyingi 8 yil davomida uni shu yoʻnalish boʻyicha tayyorlab borgan. Shundan soʻng Stanislav Morozov Akopova bilan bogʻlanib, uni Nina Mozerning figurali uchish maktabida juftlik bahslari boʻyicha mashgʻulotiga taklif qilgan. Sinov muvaffaqiyatli oʻtgan va Morozov uni shogirdlikka olishga rozi boʻlgan.

6 oydan keyin, Akopovaga murabbiy Andrey Pachin murojaat qilib, oʻz shogirdi Hektor Giotopulos Mur (Avstraliya) bilan juftlikda sinovdan oʻtishni taklif qilgan. Muvaffaqiyatli sinovdan soʻng juftlik 1 oy davomida Moskvada shugʻullangan, soʻngra uning transfer masalasini muhokama qilish uchun Ice Skating Australia bilan kelishuv olib borish maqsadida Avstraliyaga uchishgan. 3 oy qoʻshimcha tayyorgarlikdan soʻng, Akopova onasidan Rossiya figurali uchish federatsiyasi uni qoʻyib yuborishdan bosh tortgani haqida xabar olgan. Natijada, Akopova Moskvaga qaytib kelgan va oxir-oqibat Timofey Kuznetsov bilan juftlik tuzilgan.

Manbalar

Havolalar

(Armaniston uchun) (Rossiya uchun)

Karina Akopova sayti Milano Cortina 2026da

Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida figurali uchuvchilar Turkum:21-asr armanistonlik sportchi ayollar