Yoshlar dasturlari 10 dan 25 yoshgacha boʻlgan odamlarni jalb etish uchun moʻljallangan maxsus faoliyatlardir. Mazkur faoliyatlar odatda yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, dam olish, ijtimoiy hayot, profilaktika yoki taʼlim orqali amalga oshiriladi. Yoshlar dasturlari davomida ishtirokchilar sport, din, jamiyatga xizmat, yoshlar faolligi, yoshlar xizmati yoki tabiat bagʻridagi taʼlim bilan shugʻullanishlari mumkin. Qamrab olingan mavzular ichida yoshlarni vakolatlantirish, isteʼmolchi huquqlari, yoshlar boshchiligidagi media va yoshlar huquqlari mavjud.
Yoshlar dasturlarining yoʻnalishi va faoliyatlari odatda joylashuv, madaniyat, ijtimoiy qatlam, taʼlim va ishtirok etayotgan shaxslar hamda tashkilotlarning ideallariga bogʻliq boʻladi. Ushbu dasturlar davlat idoralari, notijorat tashkilotlar va butun dunyo boʻylab turli biznes tashkilotlari tomonidan taklif etiladi.
Misollar 4-H YMCA Skautlik TrashTag chaqirigʻi Oʻgʻil va qizlar klubi Milliy yoshlar huquqlari assotsiatsiyasi Yoshlar model hukumatlari Yevropa volontyorlik xizmati Elevate (tashkilot) Buildon Fuqarolik havo patruli AQSh harbiy-dengiz kuchlari dengiz kadetlar korpusi Kanadalik yoshlar forumi
Manbalar
Turkum:Yoshlar Turkum:Yoshlar tashkilotlari Turkum:Yoshlar huquqlari