Oksana Olegovna Selexmeteva (; 2003-yil 13-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi. 2026-yil 16-fevralda WTA reytingida yakkalik bahslarida faoliyatidagi eng yuqori 74-oʻringa koʻtarilgan, juftlik bahslarida esa 2022-yil 11-iyulda 150-oʻringa chiqqan.
Selexmeteva juftlik bahslarida ikki marotaba oʻsmirlar oʻrtasida „Katta dubulgʻa“ turnirlari chempioni boʻlgan. Ilk bor 2019-yilgi AQSh Ochiq chempionati, soʻngra 2021-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida gʻalabani qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sportchi 2019-yilgi „Wimbledon“ qizlar oʻrtasida juftlik bahslari turniri finaliga chiqqan.
Oʻsmirlik yillari Oʻsmirlar oʻrtasida Selexmeteva yakkalik bahslarida 78 ta gʻalaba, 44 ta magʻlubiyat, juftlik bahslarida esa 83 ta gʻalaba, 31 ta magʻlubiyatni qayd etgan. Sportchi 2021-yil yanvar oyida oʻsmirlar boʻyicha umumiy reytingda dunyoning 7-raqamli tennischisiga aylangan.
Sportchi ikki tennischi bilan juftlik bahslarida (har ikkisi ikki xil qoplamada) oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan „Katta dubulgʻa“ bahslarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Jumladan, 2019-yilgi AQSh Ochiq chempionatida Kamilla Bartone bilan, 2021-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida esa Alexandra Eala bilan gʻalabaga erishgan. Shuningdek, sportchi Bartone bilan juftlik bahsida 2019-yilgi „Wimbledon“ chempionatida ikkinchi oʻrinni egallagan.
Selexmetova Rossiya terma jamoasi tarkibida 2018-yilgi Yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida qatnashib, chorak finalga qadar yetib borgan va yakunda oltin medali sohibi boʻlgan Kaja Yuvandan set yutgan yagona oʻyinchiga aylangan.
Professional faoliyati 2018–2019: ITF va WTA Tourdagi debyutlar 2018-yilda Selexmeteva ilk professional turnirini Sant Kugatdagi 15 ming dollarlik musobaqada oʻtkazdi. Hali reytingga kirmagan boʻlishiga qaramay, saralash bahsida 800 talikdan joy olgan ikki raqibini magʻlub etib, asosiy toʻrga yoʻllanma oldi. Bu uning yil davomida ishtirok etgan yagona professional turniri edi.
2019-yilda Selexmetova oʻsmirlar oʻrtasidagi musobaqalarda qatnashishni davom ettirgan holda koʻproq ITF turnirlarida ishtirok etdi. U ilk bor WTA turi doirasida — Sankt-Peterburg kubogi musobaqasida maydonga tushdi. Biroq dunyoning 194-raqamli tennischisi Magdalena Fręchga uch setlik keskin bahsda magʻlub boʻldi. Shundan soʻng, sportchi 25 ming dollarlik turnirda ilk bor chorak finalga chiqdi, uchinchi raqam ostida saralangan Olga Yanchukni magʻlub etib, RWB Ladies Cup musobaqasida chorak finalgacha yetib borishga erishdi.
Rossiyalik tennischi ikkinchi marta WTA turi — Kreml kubogida ishtirok etdi. Saralash bosqichida oʻzining yaqin doʻsti Polina Kudermetovaga ikkita setda oʻyinni boy berdi.
Selexmeteva yilni 781-oʻrinda professional darajada 10 ta gʻalaba, 8 ta magʻlubiyat bilan yakunladi.
Manbalar
Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar