Gʻoziy Sayyid Salor Sahu, Sayyid Salor Dovud, Sahu ibn Ataulloh Alaviy yoki Salor Sahu () — XI asr boshlarida Hindiston mintaqasiga kelib, sulton Mahmud Gʻaznaviy qoʻshinida xizmat qilgan qozi va qoʻmondon"Pluralism to Separatism Qasbas in Colonial Awadh", Mushirul Hasan — Oxford University PressSheikh Hussainuddin, (1937). Tazkira-e-Fani, the life and times of Shah Abdur Razzaq, „Al-Maktaba-e-Monamia“..

Salor Sahu Alining oʻgʻli Muhammad ibn al-Hanafiyyaning avlodi edi. Otasining ismi Tohir Ataulloh boʻlib, oʻgʻli Gʻoziy Sayyid Salor Masud boʻlgan. Ikki ukasi boʻlib, ulardan biri Sayyid Marufuddin Gʻoziy ediIslam in India, Volume 4, Vidyajyoti Institute of Religious Studies, Vikas Pub. House, 1989. Ehtimol Mahmud Gʻaznaviyning qaynogʻasi boʻlgan va goʻyoki uning singlisi Sitri Mu’alla bilan turmush qurgan. Sulton Mahmud Gʻaznaviy bilan birga Hindistonga qoʻshin qoʻmondoni vazifasida kelganThe Garden of India Or Chapters on Oudh History By H. C. IrwinGazetteer of the province of Oudh, 1877.

Salor Sahu 1032-yil 4-oktyabrda Satrixda vafot etib, shu yerda dafn etilganFrom pluralism to separatism: qasbas in colonial Awadh, Mushirul Hasan, Oxford University Press, 28-Oct-2004.

Sayyid Salor Sahuning qabri Salor Sahuning mavzoleyi Uttar-Pradeshning Satrix shahridagi Barabankidan uzoqlikda joylashgan. Qabri oldiga odamlar yoz faslida hind taqvimining jyeshta oyidagi toʻlin oy paytida ziyorat uchun yigʻilishadi. Bu yerda besh kun davom etadigan urs marosimi oʻtkaziladi va unda minglab ixlosmandlar ibodat qiladi. Maqbarasi „Budhe Baba ki mazar“ (Buyuk pir maqbarasi) nomi bilan mashhur[ Islam in India, Volume 4], Vidyajyoti Institute of Religious Studies, Vikas Pub. House, 1989. Manbalar

Havolalar Mirati Mas’udi by ‘Abdur Rahman Chishti Turkum:11-asr hindlari Turkum:Gʻaznaviylar sarkardalari