Igor Tudor (1978-yil 16-aprelda tugʻilgan) — xorvatiyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, yaqinda Premyer-liganing „Tottenxem“ klubida bosh murabbiy boʻlgan.

Himoyachi yoki tayanch yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. Tudor futbolchilik faoliyatining koʻp qismini „Yuventus“ jamoasida oʻtkazgan va oʻsha vaqt ichida bir nechta sovrinlarni qoʻlga kiritgan. Igor UEFA Yevro-2004, 1998 va 2006-yilgi jahon chempionatlarida Xorvatiya terma jamoasining bir qismi boʻlgan, ammo jarohati tufayli 2002-yilgi jahon chempionatini oʻtkazib yuborgan. Tudor 2008-yil 22-iyulda 30 yoshida oʻng toʻpigʻidagi muammolar yana paydo boʻlganidan soʻng faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan. U oʻzining soʻnggi mavsumini „Hajduk Split“ klubida oʻtkazgan.

Murabbiy sifatida Tudor 2013-yildan 2015-yilgacha Hajdukni boshqargan va 2015-16-yilgi mavsumda PAOK bilan sakkiz oy oʻtkazgan. Turkiyada 2016-2017 yillarda „Karabükspor“ jamoasini, 2017-yilda „Galatasaroy“ni boshqargan. 2018-yilning aprelidan iyunigacha Tudor A Seriyaning „Udineze“ klubini boshqargan va shu vaqt ichida klubni B Seriyaga tushib ketishdan saqlab qolgan. 2019-yilning mart oyida u „Udineze“ klubiga qaytgan. 2020-yil yanvar oyida Hajdukka qaytganidan soʻng, Andrea Pirlo 2020-yil avgust oyida Tudorni „Yuventus“dagi murabbiylar shtabiga qoʻshilishga taklif qilgan, Tudor bu taklifni qabul qilgan. 2022-yilda Liga 1 klubi Marselni boshqargan. 2024-yilning mart oyida u A Seriyaga qaytgan va „Latsio“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. 2025-yilning mart oyida u „Yuventus“ klubiga bosh murabbiy sifatida qaytgan, ammo oktyabr oyida mavsumni yomon boshlaganidan keyin ishdan boʻshatilgan. 2026-yil fevral oyida u „Tottenxem“ klubiga oʻtdi, ammo mart oyida jamoani tark etgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Xorvatiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 1998 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2004 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2006 oʻyinchilari Turkum:HNK Hajduk Split futbolchilari Turkum:HNK Trogir futbolchilari Turkum:Juventus FC futbolchilari Turkum:Siena FC SSD futbolchilari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Xorvatiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi xorvatiyalik muhojir sportchilar Turkum:Xorvatiyalik futbol murabbiylar Turkum:HNK Hajduk Split murabbiylari Turkum:PAOK FC murabbiylari Turkum:Kardemir Karabükspor murabbiylari Turkum:Galatasaray S.K. (futbol) murabbiylari Turkum:Udinese Calcio murabbiylari Turkum:Hellas Verona FC murabbiylari Turkum:Olympique de Marseille murabbiylari Turkum:SS Lazio murabbiylari Turkum:Juventus FC murabbiylari Turkum:Tottenham Hotspur F.C. murabbiylari Turkum:Xorvatiya futbol ligasi murabbiylari Turkum:Turkiya Superligasi murabbiylari Turkum:Serie A murabbiylari Turkum:Liga 1 murabbiylari Turkum:Angliya Premyer-ligasi murabbiylari Turkum:Futbol murabbiylari