Sára Bejlek (2006-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — chexiyalik professional tennischi. Sport faoliyati davomidagi eng yuqori natijalari: 2026-yil 23-fevralda yakkalik bahslari boʼyicha WTA reytingida 37-oʻrinni, juftlik bahslari boʼyicha 2022-yil 1-avgust kuni 671-oʻrinni qayd etgan.
Bejlek WTA turi doirasida — 2026-yilgi Abu Dabi Ochiq chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, WTA Challenger turi doirasida toʻrtta turnirda gʻolib boʻlgan.
Sport faoliyati Yoshlar Sára Bejlek 2022-yilgi Fransiya Ochiq chempionatida Lusie Xavlichkova bilan birga qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida gʻalaba qozongan. Bundan tashqari, sportchi yakkalik bahslarida ham yarim finalga qadar yetib borgan.
2021: Birinchi ITF turniri chempionligi va top–500 Iyul oyida Bejlek Chexiyaning Olomouc shahrida boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi 60 ming dollar boʻlgan ITS kubogi turniri finalida raqibi Paula Ormaecheani magʻlub etib, oʻzining birinchi va hozirgi kunga qadar eng yirik sovrinli titulini qoʻlga kiritdi. Natijada, WTA reytingida atigi bir oy ichida oʻz oʻrnini 557 pogʻonaga yaxshilab, 447-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻldi.
2022: Katta dubulgʻa va top–200 talikdagi debyut Iyun oyida Bejlek Česká Lípada sovrin jamgʻarmasi 60 ming dollar boʻlgan Macha Lake Ochiq turnirida ishtirok etib, final bahsida hamyurti Jesika Malečkováni magʻlub etgan. Keyingi haftada sportchi oʻzining Katta dubulgʻa turniri saralash bosqichidagi debyut ishtirokini Wimbledon chempionatida oʻtkazdi, biroq ushbu musobaqada Emina Bektasga qarshi oʻyinni boy berdi. Oradan bir oy oʻtgach, Bejlek ITS kubogida oʻz titulini muvaffaqiyatli himoya qilib, finalda Lina Gjorcheskani magʻlub etishga muvaffaq boʻldi. Sportchi AQSh Ochiq chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, saralash bosqichida ketma-ket uchta gʻalabadan soʻng Katta dubulgʻa turnirining asosiy toʻr bahsida ilk bor ishtirok etdi. U turnirning asosiy toʻri bahsining eng yosh ishtirokchisi, saralash bosqichiga toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilingan eng yosh tennischi boʻlgan.
2023: Australian and French Open debuts
16 yoshida reytingda kuchli 200 talikdan oʻrin olgan ikkinchi eng yosh oʻyinchi sifatida Bejlek oʻzining debyut ishtirokini Avstraliya Ochiq chempionatida amalga oshirdi. Sportchi birinchi davrada oʻz hamyurti Barbora Krejčíkovága qarshi oʻyinda magʻlub boʻldi. Aprel oyining boshida tennischi Split shahrida boʻlib oʻtgan sovrin jamgʻarmasi 60 ming dollar boʻlgan turnir finaliga chiqishga muvaffaq boʻldi. Biroq finalda raqibi Tara Vürtxga oʻyinni boy berdi.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2006-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Chexiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr chexiyalik ayol sportchilar