Sepideh Qoliyon (, 1994-yil 23-sentyabrda Dezful shahrida tugʻilgan) — eronlik siyosiy faollik qiluvchi, oʻqishdan chetlashtirilgan veterinariya talabasi va jurnalist.
Faoliyati 2018-yil 18-noyabr kuni, avval fuqarolik jurnalisti sifatida bir necha nashrlar bilan ishlagan Sepideh Qoliyon mehnat namoyishi haqida xabar berayotganda, yaʼni Ishchilar kasaba uyushmasi tomonidan tashkil etilgan Haft Tappeh shakarqamish agro-sanoat kompaniyasi (forscha: شرکت نیشکر هفتتپه) ishchilari norozilik aksiyasida, Eron xavfsizlik kuchlari tomonidan hibsga olingan. Kasaba uyushmasi matbuot kotibi Ismoil Baxshiy va yana oʻnlab kasaba uyushmasi faollari ham namoyish paytida hibsga olingan. Hibsga olinganlarning barchasi, Qoliyon va Baxshiydan tashqari, bir necha kun ichida ozod qilinadi. Qoliyon va Baxshiy 30 kun davomida ayblovsiz va huquqiy himoyasiz saqlangan va oxir-oqibat kafil evaziga ozod qilingan.
Qiynoqlar 2018-yil 29-noyabr kuni, Qoliyon va Baxshiy hanuz hibsda ekanida, 17 mingdan ortiq transport ishchilarini birlashtiradigan kasaba uyushmasi — Vahed kasaba uyushmasi bayonot eʼlon qilib, Ismoil Baxshiy hukumat qamoqxonasida koʻrgan qiynoqlari oqibatida qisqa muddatga kasalxonaga yotqizilganini maʼlum qildi. Ular ozod etilishi bilanoq, Qoliyon xavfsizlik kuchlari tomonidan oʻzi ham, Baxshiy ham qiynoqqa solinganini tasdiqladi. Kafil evaziga qoʻyib yuborilgach, Baxshiy va Qoliyon Xalqaro Amnitsiya tashkilotiga politsiya va razvedka vazirligi mulozimlari qoʻlida Shush va Ahvaz shaharlarida koʻrgan qiynoqlari haqida soʻzlab berishdi. Ularning aytishicha, ular doʻpposlangan, devorlarga urilgan, yerga yiqitilgan, kaltaklash orqali tahqirlangan, jinsiy zoʻravonlik va oʻldirish bilan qoʻrqitilgan. Qoliyonning soʻzlariga koʻra, har kuni soat 10 atrofida boshlanib, ertalabgacha davom etadigan soʻroq paytida razvedka xodimlari uni qayta-qayta „fohisha ayol“ kabi jinsiy haqoratlar bilan soʻkkan, ishchilar bilan jinsiy aloqada boʻlganlikda ayblagan va oilasiga ularni „sharaf“ uchun Sepidehni oʻldirishga undaydigan „maʼlumot“ yetkazish bilan tahdid qilgan. Bu oshkor etilish Eron ijtimoiy tarmoqlarida ayniqsa juda katta jamoatchilik noroziligiga sabab boʻldi. Jamoatchilik gʻazabiga javoban turli eronlik davlat tashkilotlari Qoliyon ayblovlarini rad etuvchi bayonotlar berib, uni va Baxshini xorijiy manfaatlarning quroli sifatida taqdim qildi.
2019-yil 19-yanvarda Eron davlat televideniyesi Qoliyon, Baxshiy va boshqa faollar Trump maʼmuriyati, kommunistik guruhlar va Eron rejimini agʻdarishga intilayotgan muhojir eronliklar bilan aloqadorligini „isbotlovchi“ hujjatli filmni efirga uzatdi. Hibs paytida yozib olingan bu koʻrsatuvda ruhiy holati ogʻir ekani koʻrinib turgan Qoliyon va Baxshiyning davlatga qarshi jinoyatlarini „tan olishi“ aks etgan edi. Qoliyon Twitterda ushbu efirning oʻzi ham qiynoqlarning navbatdagi isboti ekanini taʼkidladi. Baxshiyning advokati Farzona Zilobiy mijozidan majburlab olingan bayonotlar efirga uzatilishini qonun buzilishi sifatida taʼrifladi. „Bu hujjatli filmni efirga uzatish oqlab boʻlmaydigan va qabul qilib boʻlmaydigan ish. Endi bu soxta ish boʻyicha maxfiy maʼlumotlar aldovchi, biryoqlama va adolatsiz hujjatli film orqali ommaga oshkor etilgach, janob Baxshiy ochiq va shaffof sud jarayonini talab qilmoqda“. Zilobiyning aytishicha, ushbu efir Eron Jinoyat-protsessual reglamentining 96-moddasini buzgan, bu modda sud hukmiga qadar gumondorlarning shaxsini va tasvirlarini oshkor etishni taqiqlaydi va bu holat jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Qayta hibsga olish
Qoliyon va Baxshiy 2019-yil 20-yanvarda yana hibsga olindi Xalqaro amnistiya tashkilotining maʼlumotlariga koʻra, ularning aynan shu vaqtda hibsga olinishi ular qamoqda koʻrgan zoʻravonlik haqida soʻzlagani uchun ularni jim qilish va jazolashga urinish ekanini qatʼiy anglatadi. Telefon orqali bergan intervyusida Qoliyonning otasi jurnalistga shunday dedi: „Ertalab soat 7 da 12 nafar erkak va 2 nafar ayol xodim uyimizga zoʻravonlik bilan bostirib kirdi, oʻgʻlimning tishlarini sindirishdi, meni va xotinimni doʻpposlashdi va qizimizni oʻldirishlarini aytishdi.“.
Abolfazl Gʻadiyoniy, ilgari inqilobchi islomiy faoldan muxolifga aylangan siyosatchi, Baxshiy va Qoliyonga qarshi sodir etilgan barcha yomonlik va adolatsizliklar uchun asosiy masʼul sifatida aynan Ali Xomanaiyni alohida tilga oldi.
Toʻrt yil va qariyb 2 oydan soʻng, Qoliyon 2023-yil 15-mart kuni Tehrondagi Evin qamoqxonasidan ozod qilindi. Uning qamoqxona oldida ozod etilishi bilanoq Xomanaiyga qarshi shiorlar aytayotgani aks etgan lavhalar internetda tezda tarqaldi. Qoliyon bir necha soat oʻtmay, uning shiorlarini videoga olgan kishilar bilan birga yana hibsga olindi. 2023-yil 5-may kuni Sepidehning ukasi Mehdi Qoliyon Instagram sahifasida Sepidehga ikki yillik qamoq jazosi tayinlangani va avvalgi qamoqdan soʻng hayoti odatdagidek izga tushishidan oldin yana bir bor qamoqda oʻtirishiga toʻgʻri kelishini eʼlon qildi. 2025-yil 11-iyunda, 2 yildan soʻng Qoliyon qamoqdan ozod qilindi.
Mukofotlar 2022-yilda ilhom bagʻishlovchi va taʼsirchan 100 nafar ayolning BBC tuzgan roʻyxatiga Sepideh Qoliyon ham kiritildi.
Yana qarang
2018-yilgi Eron umumiy ish tashlashlari
Manbalar
Turkum:Eronlik inson huquqlari faollari