Iryna Uladzimiraŭna Shymanovich (; ; 1997-yil 30-iyunda tugʻilgan) — belaruslik tennischi. 2023-yil 11-sentyabrda WTA juftlik reytingida 66-oʻringa koʻtarilgan. 2023-yil 12-iyunda faoliyatidagi eng yuqori natija — yakkalik boʻyicha jahon reytingida 154-oʻrinni band qilgan.
Shymanovich WTA turining juftlik bahslarida 1 ta, WTA Challenger turining juftlik yoʻnalishida 7 ta unvonni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, ITF ayollar turida 14 ta yakkalik va 17 ta juftlik unvoniga ega chiqqan.
Oʻsmirlik yillari 2013-yilgi Wimbledon chempionatida sportchi Anhelina Kalinina bilan birga qizlar oʻrtasida juftlik bahslarida 2-oʻrinni egallagan.
Fed kubogi 2014-yil 4-fevralda Shymanovich Belarus Fed Kubok jamoasi tarkibida ilk bor maydonga tushdi va juftlik bahslarida Ilona Kremen bilan birga Turkiya jamoasiga qarshi oʻyinda ilk xalqaro darajadagi gʻalabasini qayd etdi.
Professional faoliyati 2022–2023 Shymanovich WTA turining asosiy toʻr bahslaridagi ilk ishtirokini Cleveland ochiq turnirida amalga oshirdi va birinchi davrada Lyudmila Samsonovaga oʻyinni boy berdi.
Shymanovich Copa Colsanitas musobaqasida WTA turi doirasidagi juftlik yoʻnalishi boʻyicha ilk bor finalga chiqdi va Irina Xromacheva bilan birga gʻalaba qozondi. Sportchi 10-aprel kuni juftlik yoʻnalishi reytingida ilk bor top-100 talikka kirdi, yaʼni reytingda 94-oʻrinni qayd etdi.
Sportchi 2023-yilgi Fransiya ochiq chempionatining asosiy toʻr bahslarida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtdi. Musobaqada u Panna Udvardyni magʻlub etib, ilk uchrashuvini gʻalaba bilan yakunladi. Soʻngra ikkinchi davrada ikkinchi raqamli tennischi Aryna Sabalenkadan magʻlub boʻldi. Xuddi shu turnirda u juftlik bahslarida ham ishtirok etdi. Oʻyinlarda braziliyalik Ingrid Martins bilan zaxira juftlik sifatida maydonga tushib, Irina-Camelia Begu va Anhelina Kalinina ustidan ilk gʻalabasini qayd etdi.
Wimbledon musobaqasining juftlik yoʻnalishi boʻyicha ilk ishtirokini Oksana Kalashnikova bilan birga amalga oshirib, chorak finalgacha yetib bordi. Chorak finalda ular 16-raqamli juftlik Zhang Shuai va Caroline Dolehidega oʻyinni boy berishdi.
2024-2025 Shymanovich fevral oyida Renata Zarazúa bilan birga WTA 125 Puerto-Varta ochiq turnirining juftlik bahslarida chempionlikni qoʻlga kiritdi. Ular musobaqa finalida Angelica Moratelli va Camilla Rosatelloni magʻlub etdi.
Iyun oyida Sabrina Santamaria bilan sherik boʻlib, WTA 125 Makarska xalqaro chempionatlari juftlik bahslarida gʻolib chiqdi. Ular final bahsida Nao Hibino hamda Oksana Kalashnikovani yengishga muvaffaq boʻlishdi.
Manbalar
Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Minsklik tennischilar Turkum:Belaruslik ayol tennischilar Turkum:21-asr belaruslik ayol sportchilar