Ogulgerek Ataýewna Berdimuhamedowa (; 1957-yil, Turkmaniston SSR, SSSR) — Turkmanistonning sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning rafiqasi, hozirgi prezident Serdar Berdimuhamedovning onasi.

Tarjimayi holi Ochiq manbalarda Ogulgerek Berdimuhamedowa haqida deyarli hech qanday maʼlumot yoʻq. Taxminlarga koʻra, Ogulgerek 1957-yilda tugʻilgan, turmush oʻrtogʻi bilan yoshi teng. WikiLeaks eʼlon qilgan diplomatik hujjatlarga koʻra, Ogulgerek oʻta konservativ va anʼanaviy qarashlarga ega. Juda kamdan-kam hollarda (faqat eri bilan) omma oldida paydo boʻladi va agar paydo boʻlsa ham, videooperatorlar, fotosuratchilar va jurnalistlarga Ogulgerekning suratlarini olish va chop etish taqiqlangan. Yaqin vaqtgacha tarmoqda Ogulgerek Berdimuhamedowaning suratlari umuman yoʻq boʻlgan. Birinchi fotosurati 2021-yil noyabr oyida Turkiya prezidenti Recep Tayyip Erdoğan rafiqasi Emine Erdoğan bilan Turkmanistonga tashrifi chogʻida turk ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilingan prezidentlarning qoʻshma surati olinganida paydo boʻlgan. Baʼzi tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Ogulgerek 2007-yildan beri qizlaridan biri bilan Turkmanistondan tashqarida (taxminan Londonda) yashaydi, ota-oʻgʻil Berdimuhamedovlar tomonidan mamlakat siyosatida ishtirok etishga ruxsat berilmagan. Ogulgerekning bir oʻgʻil va ikki qizi bor boʻlib, oʻgʻli Serdar 1981-yilda tugʻilgan, qizlari Guljahon va Gulshanning tugʻilgan sanasi nomaʼlum. Qizlaridan birinchisi Londondagi Turkmaniston uglevodorod resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish boʻyicha davlat agentligi vakili Ilyasgeldi (yoki Ilasgeldi) Amanovga turmushga chiqqan. Ikkinchisi esa turmush oʻrtogʻi, Turkmanistonning Parijdagi elchixonasi xodimi Derya Atabaayev bilan Fransiyada yashaydi. Ogulgerek Atayevnaning nabirasi Kerimguli (taxminan Guljahonning oʻgʻli) bobosi bilan tez-tez omma oldida koʻrinish berib turadi. 2022-yil 30-mayda Ogulgerekga „Turkmanistonda xizmat koʻrsatgan gilamdoʻz“ unvoni berilgan.

Manbalar

Turkum:1957-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmanistonda tugʻilganlar