Ali ibn Ahmad al-Vohidiy an-Nishopuriy (; 1003– 1076) — klassik arab tilining mashhur nahvshunosi va filolog, shuningdek bir nechta klassik tafsir asarlarini yozgan Qurʼon olimi. Oʻrta asrlar islom olamining yetakchi Qurʼon mufassiri va adabiy tanqidchilaridan biri hisoblanadi. U turli hajmdagi uchta sharh (tafsir) yozgan: Tafsir al-Vajiz (kengroq omma uchun moʻljallangan qisqa tafsir), Tafsir al-Vosit (oʻrtacha hajmdagi tafsir) va Tafsir al-Basit (nahviy hamda aqidaviy dalillar bilan toʻla batafsil tafsir). Bu sharhlarning barchasi keng ommalashgani sababli hanuzgacha qadri saqlanib qolgan. Ammo ularning eng muhimi Al-Vohidiyning eng yirik asari deb qaraladigan Tafsir al-Basitdir. Uning Asbob an-nuzul kitobi Qurʼon oyatlarining „nozil boʻlish sabablari“ni muhokama qiladi va hozirgacha uning shuhratining asosiy manbasi boʻlib kelgan. Bu kitob oyatning nozil boʻlgan sanasi yoki mavzusini belgilab beradigan barcha rivoyatlarni jamlaydi va ehtimol buni birinchi boʻlib amalga oshirgan asar edi.
Yana qarang Ashʼariylar roʻyxati
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Ashʼariylar Turkum:Shofiʼiylar Turkum:Qurʼon tafsirchilari Turkum:Oʻrta asr arab tili grammatiklari Turkum:Arab tili filologlari Turkum:11-asr mutakallimlari Turkum:11-asr eroniy yozuvchilari Turkum:Oʻrta asrlar islom olami yozuvchilari Turkum:Oʻrta asrlar islom olami tarixchilari Turkum:1003-yilda tugʻilganlar Turkum:1076-yilda vafot etganlar