Kiyev milliy iqtisodiyot universiteti — bu Kiyev shahrida joylashgan, moliyaviy mustaqillika erishgan davlat universiteti. Universitet 1906-yilda „Oliy iqtisodiy taʼlim“ nomi bilan tashkil etilgan. 2012-yilda Ukrainadagi oliy taʼlim muassasalarini baholaydigan milliy reytingda 3-oʻrinni egallagan. Shuningdek, dunyodagi yetakchi universitet reytinglarini hisoblaydigan koʻrsatkich — Eduniversal 2015-yilgi maʼlumotiga koʻra, universitet Ukrainadagi oliy taʼlim muassasalari orasida 2-oʻrinda boʻlgan. 2020-yilda esa shu reytingda 3-oʻrinni egallagan. 2005-yilda universitetga Ukraina Milliy banki asoschisi boʻlgan mashhur ukrainalik bankir va iqtisodchi Vadym Hetman nomi berilgan.

Nomlanish bosqichlari 1906 — Oliy iqtisodiy taʼlim, Kiyev 1908 — Kiyev tijorat instituti 1920 — Kiyev xalq xoʻjaligi instituti 1934 — Kiyev iqtisodiyot va moliya instituti 1997 — Kiyev milliy iqtisodiyot universiteti 2005 — Vadym Hetman nomidagi Kiyev milliy iqtisodiyot universiteti

Umumiy maʼlumot Kiyev milliy iqtisodiyot universiteti — Ukrainadagi yirik iqtisodiy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. Universitet mamlakat ichida va xalqaro miqyosda maqlakali mutaxassislar, iqtisodchilar, menejerlar va huquqshunoslarni tayyorlaydi. Universitet hududi 118 765 m²dan iborat boʻlib, oʻquv binolari, sport zallari, oʻz stadioni va 6 ta talabalar turar joyi (yotoqxona) oʻz ichiga oladi. Talabalar soni taxminan 15 000 nafarni tashkil etadi. Universitetning asosiy maqsadi — ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi bilimlarni yaratish va ularni keng tarqatish va shu orqali jamiyat rivojiga hissa qoʻshish. Shuningdek raqobatbardosh mutaxassislar va ijodkor shaxslarni tayyorlashdan iborat.

Fakultetlari Iqtisodiyot Menejment Huquq Marketing Soliq Kompyuter savodxonligi Biznes iqtisodiyoti

Mashhur bitiruvchilari Tatiyana Andrianova — ukrainalik biznesmen ayol, huquqshunos Anatolii Brezvin — Ukrainalik sobiq biznesmen, siyosatchi va xokkey menejeri Olena Derevianko — akademik, professor va jurnalist Volodymyr Matvienko — Ukraina Milliy Bankining 1-raisi Oleksiy Plotnikov — Ukraina parlamenti aʼzosi, professor, Iqtisodiyot fanlari doktori Victoria Spartz — amerikalik biznesmen ayol, AQSH Vakillar palatasi aʼzosi Volodimir Zelenskiy

Manbalar

Havolalar

Best universities of Ukraine: Kompas ranking KNEU Publishing

Turkum:Ukraina Turkum:Universitetlar