Malika Elizabet Orbeliani (; t. 1871 — oʻ. 1942) gruzin shoiri, tarjimoni va xayriyachi boʻlib, ayollar huquqlarini yaxshilash ustida ishlaganორბელიანების სასახლე, Administration of the President of Georgia, Retrieved 24 December 2023. Quote: „ელისაბედ ორბელიანი…თბილისის სახელმწიფო უნივერსიტეტის დამაარსებელთაგანი, პირველი ლექტორი ქალი, ქალთა უფლებების გაუმჯობესებისათვის მებრძოლი, პოეტი, ქველმოქმედი და მეცენატი…“. U Tbilisi davlat universitetida dars bergan birinchi ayol boʻlgan va uning hammuassisi hisoblanadiელისაბედ ორბელიანის სახელობის ჯილდო ქართული სტუდენტური თარგმანისათვის, Tbilisi State University, 29 December 2021..

Orbeliani bir vaqtlar hozirda Gruziya prezidenti qarorgohi boʻlgan Orbeliani saroyining bekasi boʻlgan. Hozirgi kungacha saroyda uning xotirasiga bagʻishlangan xona mavjudLocal Journalists in Elizabeth Orbeliani Cabinet.jpg, 23 December 2021, va u xorijiy mehmonlarni qabul qilish uchun ishlatiladiორბელიანების სასახლე, Administration of the President of Georgia, Retrieved 24 December 2023. Quote: „ელისაბედ ორბელიანი, ორბელიანების სასახლის დიასახლისი, გახლდათ თბილისის სახელმწიფო უნივერსიტეტის დამაარსებელთაგანი, პირველი ლექტორი ქალი, ქალთა უფლებების გაუმჯობესებისათვის მებრძოლი, პოეტი, ქველმოქმედი და მეცენატი. პროტოკოლის მიხედვით, მცირე კაბინეტი განკუთვნილია უცხოური დელეგაციების საქმეთწარმოებისათვის“..

Hayoti Elizabet Bagrationi 1871-yil 25-noyabrda, hozirgi kunda Gruziya hududiga kiruvchi, oʻsha paytda esa Rossiya imperiyasi tarkibida boʻlgan Tiflis shahrida tugʻilganელისაბედ ორბელიანი, Biographical Dictionary, National Parliamentary Library of Georgia, Retrieved 24 December 2023.. U gruzin zodagonlaridan boʻlib, otasi tomondan Erekle II (Gruziya podshosi)dan, onasi tomondan esa Chavchavadzelar oilasidan nasl olgan. Elizabet gruzin zodagonlaridan biri, Makar Ivanes dze Orbeliani (1873–1924)„ელისაბედ ბაგრატიონი-გრუზინსკაია და მისი მეუღლე მამუკა ორბელიანი“, National Parliamentary Library of Georgia, Retrieved 24 December 2023., yaʼni Ivane Jambakuriya-Orbelianining toʻngʻich oʻgʻliga turmushga chiqqan va erining familiyasi bilan tanilgan.

1919–1920-yillarda Orbeliani Gruziya Demokratik Respublikasining fransuz va ingliz tillaridagi gazetalariga muharrirlik qilgan: „Free Georgia“ va „Republic of Georgia“ (ikkalasi ham fransuz tilida) hamda „Herald of Georgia“ (ingliz tilida). U gruzinlarning oʻrta asr epik dostoni — „Yoʻlbars terisini yopingan pahlavon“ni fransuz tiliga tarjima qilgan, shuningdek, Aleksandr Chavchavadze, Grigol Orbeliani, Nikoloz Baratashvili, Vaja Pshavela kabi klassik gruzin adiblarining asarlarini ham fransuz tiliga oʻgirganელისაბედ ორბელიანი, Biographical Dictionary, National Parliamentary Library of Georgia, Retrieved 24 December 2023..

1918-yildan boshlab, Gruziya universiteti professorlari kengashi taklifiga binoan, Orbeliani hozirgi Tbilisi davlat universiteti (TDU)da fransuz va ingliz tillari boʻyicha dars bergan. Mustaqil Gruziya tomonidan shu universitetning barpo etilishi gruzin ziyolilari uchun uzoq yillik orzu boʻlib, ilgari bunga Rossiya imperiyasi hokimiyati yoʻl qoʻymagan ediLang, David Marshall (1962), A Modern History of Georgia, p. 211. London: Weidenfeld and Nicolson.. Orbeliani TDUda dars bergan birinchi ayol hisoblanadi va universitet asoschilaridan biri sifatida tan olingan; universitet uning nomidagi mukofotni taʼsis etganელისაბედ ორბელიანის სახელობის ჯილდო ქართული სტუდენტური თარგმანისათვის, Tbilisi State University, 29 December 2021..

Orbeliani 1942-yilda vafot etgan va Tbilisi shahridagi Vake qabristoniga dafn etilganელისაბედ ორბელიანი, Biographical Dictionary, National Parliamentary Library of Georgia, Retrieved 24 December 2023..

Yana qarang Anastasiya Tumanishvili-Tsereteli Yekaterine Gabashvili Olga Guramishvili-Nikoladze Dominika Eristavi

Manbalar

Adabiyotlar ლილუაშვილი მ., საქართველოს დემოკრატიული რესპუბლიკა (1918–1921) : ენციკლოპედია-ლექსიკონი, თბ.: უნივერსიტეტის გამომცემლობა, 2018. — გვ. 308.

Turkum:Gruziyalik ayol tarjimonlar Turkum:1871-yilda tugʻilganlar Turkum:1942-yilda vafot etganlar Turkum:25-noyabrda tugʻilganlar