Srikant Datar — hind-amerikalik iqtisodchi boʻlib, Harvard maktabi dekani hisoblanadi. Datar Harvardda bir vaqtning oʻzida biznes boshqaruvi boʻyicha Arthur Lowes Dickinsonning professori lavozimida ham faoliyat yuritadi.

Ta'limi Datar Mumbaydagi „Cathedral and John Connon School“da tahsil olgan. U 1973-yilda „St. Xavier's“ kollejini matematika va iqtisodiyot yo‘nalishida a’lo baholar bilan tamomlagan. „IIM Ahmedabad“da Datar oltin medal sohibi bo‘lgan hamda Talabalar kengashining bosh kotibi (1977–1978-yillar) lavozimida ishlagan. U buxgalteriyani ham mukammal o'rgangan bo'lib, iqtisodiyot va statistika bo‘yicha ikkita magistr darajasi va Stanford universitetidan buxgalteriya hisobi bo‘yicha doktorlik darajasiga ega. Bundan tashqari, Datar ICWA (Institute of Cost and Works Accountant) kursini ham tamomlagan.

Karyerasi 2015-yildan buyon Datar Garvard innovatsiya laboratoriyalarining fakultet rahbari va Harvard biznes maktabida universitet ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari hisoblanadi. Datar AQShdagi „ICF International“, „Stryker Corporation“ va „T-Mobile US“ kompaniyalari hamda „Indian Institute of Management Calcutta“ boshqaruv kengashlari a’zosi hisoblanadi. Ilgari Datar IIM Ahmedabad, HCL Technologies (2012–2014-yillar) va „KPIT Technologies“ (2007–2012-yillar) kompaniyalari boshqaruv kengashlarida ham faoliyat yuritgan,. Shuningdek, „S. P. Jain Institute of Management and Research“ boshqaruv organi tarkibining ilmiy a'zosi ham hisoblanadi.

Datar sanoatda buxgalter va rejalashtiruvchi sifatida ishlagan, shuningdek „Carnegie Mellon University“, Stanford universiteti va Harvard universitetida professor sifatida faoliyat yuritgan. Datarning ilmiy qiziqishlari xarajatlarni boshqarish, mehnat unumdorligini o‘lchash, boshqaruv, yangi mahsulotlar yaratish, innovatsiya, vaqtga asoslangan raqobat, rag‘batlantirish tizimlari va faoliyat samaradorligini baholash kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi. Datar ko‘plab ilmiy ishlar muallifi bo‘lib, bir qator akademik mukofot va unvonlarga sazovor bo‘lgan. 2021-yilda u „Maharashtra Academy of Engineering and Education Research“ (MAEER) tomonidan „Bharat Asmita Acharya Shreshtha“ mukofotini olgan, 2020-yilda esa Korporativ direktorlar milliy assotsiatsiyasi tomonidan „Yilning eng yaxshi direktori“ deb e’tirof etilgan.

Datar ko‘plab kompaniyalarga ilmiy tadqiqot, rivojlanish va trening masalalarida maslahatlar bergan.

Mukofotlari 2021-yilda Datar Hindistondagi to‘rtinchi eng yuqori fuqarolik mukofoti — „Padma Shri“ bilan taqdirlangan. 2022-yilda „International Institute of New England“ uni 41-oltin eshik mukofoti sovrindori deb e’lon qilgan.

Qo'shimcha adabiyotlar

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar