Mishel Stefani Andrade Chekasina (; 1996-yil 10-noyabrda tugʻilgan), odatda Michelle Andrade nomi bilan tanilgan, Boliviyada tugʻilgan, ukrainalik qoʻshiqchi va teleboshlovchi. U ispan, ukrain, ingliz, portugal va rus tillarida kuylaydi.
Hayoti Andrade 1996-yil 10-noyabrda Boliviyaning Kochabamba shahrida boliviyalik ota va ukrainalik onadan tugʻilgan. Bolaligidanoq u badiiy gimnastika, voleybol va raqs bilan shugʻullangan. 2010-yilda u Ukrainaga koʻchib oʻtdi. Shu bilan bir vaqtda u fortepiano yoʻnalishi boʻyicha musiqa maktabiga oʻqishga kirdi va bir vaqtda vokal bilan ham shugʻullana boshladi.
Ijodi 2013-yilda Andrade X-Factor shousida qatnashdi, u yerda produser Potap tomonidan kashf etildi. U birinchi marta katta sahnada 2014-yil 2-oktabrda Mozgi guruhi bilan M1 telekanali tomonidan tashkil etilgan kontsertda chiqish qildi.
2015-yilda u ukrainalik rok guruhi O.Torvaldning „Scream“ qoʻshigʻiga olingan videoklipda koʻrinish berdi. 2016-yil 2-oktabrda u oʻzining birinchi „Amor“ qoʻshigʻini chiqardi, va shu yil dekabr oyida uning videoklipi taqdim etildi. 2017-yil 2-noyabrda Andradeʼning „Xvatit svistet“ qoʻshigʻiga ikkinchi videoklipi chiqdi. Ikki kundan soʻng uning birinchi yirik yakkaxon konserti boʻlib oʻtdi. 15-dekabr kuni u „Zima“ qoʻshigʻini va unga ishlangan videoni oʻzining YouTube kanalida taqdim etdi.
2018-yil 25-aprel kuni Kiyev shahrida joylashgan Manu restoranida Andrade oʻzining birinchi mini-albomi — La Primavera Bolivianani taqdim etdi, u rasman ikki kundan keyin chiqarildi. Albom beshta qoʻshiqdan iborat boʻlib, „Amor“ning yakkaxon versiyasi, „Zima“, „Xvatit svistet“, „Musica“ va „Taya“ kompozitsiyalarini oʻz ichiga oladi. „Hasta la Vista“ nomli singl 2-noyabrda taqdim etildi, unga ishlangan video esa 30-noyabrda chiqdi. 2019-yil 27-iyunda u Latino Ritmo nomli birinchi studiya albomini chiqardi. 2020-yilda TopHit maʼlumotlariga koʻra, „Ne znayu“ qoʻshigʻi Ukraina radiostantsiyalarida 264 396 marta yangradi. 2021-yilda u Pozitiv bilan birga Ukraina sayohat telekoʻrsatuvi Orel i Reshkaning boshlovchisi boʻlgan.
Mishel Andrade 2024-yilgi Yevrovidenya bolalar tanlovida Ukraina hakamlar hayʼati aʼzosi boʻlgan.
Diskografiya
Studiyaviy albomlar 2019: Latino Ritmo
EP 2018: La Primavera Boliviana
Singles 2016: „Amor“ 2017: „Хватит свистеть“ 2017: „Зима“ 2018: „Musica“ 2018: „Hasta la Vista“ 2019: „Fe“ 2019: „Corazon“ 2019: „Не знаю“ 2020: „Misterios“ 2020: „Proud“ 2020: „Tonight“ 2020: „Mirror“ 2020: „100 000 минут“ feat. Pozitiv
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ukrainalik aktrisalar Turkum:Ukrainalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Ukrainalik ayol teleboshlovchilar