Mariya Dovgayuk (; 2000-yil 3-noyabrda tugʻilgan), professional taxallusi Domiy — ukrainalik qoʻshiqchi, musiqachi, muallif va oʻz qoʻshiqlarining ijrochisi.
Hayoti Mariya Dovgayuk 2000-yil 3-noyabrda , Rivne viloyatida tugʻilgan.
Domiy R. Glier nomidagi Kiyev musiqa instituti va Kiyev estrada va sirk sanʼati munitsipal akademiyasida (imtiyozli diplom bilan) tahsil olgan.
Mariya Dovgayuk 2020-yilda Okean Elzy guruhining „Obiimy“ qoʻshigʻiga qilingan kaveri bilan TikTokda debyut qilgan. Keyinchalik oʻz qoʻshiqlarini yoza boshlagan.
2025-yil may holatiga koʻra, uning „Nahadai“ qoʻshigʻiga ishlangan videosi 50 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan tomosha qilingan. Mariya Dovgayuk uzoq vaqt davomida YouTubeʼdagi top-100 kliplar reytingida 1-oʻrinni egallagan; Apple Musicʼning Ukraina boʻyicha top-100 reytingida 5-oʻrin. top-10 reytingida 2-oʻrinni olgan.
2024-yilda Domiy Tina Karol uchun „Shcho ti narobila“ qoʻshigiga matn va musiqa yozgan. Rossiyaning keng koʻlamli bosqini davrida u ukrainalik mudofaa kuchlari ehtiyojlari uchun mablagʻ toʻplamoqda.
Videokliplari „Chi ne tak?“ / „Чи не так?“ (2025) „Tak i ne znayshla“ / „Так і не знайшла“ (2025) „Zviknuti“ / „Звикнути“ (2025) „Ne proyde“ / „Не пройде“ (2024, SHUMEI bilan) „Pro osin“ / „Про осінь“ (2024, SAMCHUK bilan) „Kriz doshi“ / „Крізь дощі“ (2024) „Zabuvayu“ / „Забуваю“ (2024, 100lytsia bilan) „Na porozi“ / „На порозі“ (2024) „Sadok vishneviy kolo xati“ / „Садок вишневий коло хати“ (2024, BARYK bilan) „Ne bulo“ / „Не було“ (2024) „Teplo tak“ / „Тепло так“ (2024) „Nagaday“ / „Нагадай“ (2023) „Nash listopad“ / „Наш листопад“ (2023) „Okean“ / „Океан“ (2023, Roman Skorpion bilan) „Nezalejna dusha“ / „Незалежна душа“ (2023) „Lyubov i lito“ / „Любов і літо“ (2023) „Rani zatsvitayut“ / „Рани зацвітають“ (2023) „Lebedi materinstva“ / „Лебеді материнства“ (2023) „Naliy meni vina“ / „Налий мені вина“ (2023)
Mukofotlari YilYoʻnalishTurkumMukofotlarNatijaManba2024"Ne proyde" qoʻshigʻi uchun (SHUMEI bilan)Yil kashfiyotiOltin disk2025Yil kashfiyotiYUNA
Manbalar
Turkum:Ukrainalik qoʻshiqchilar Turkum:Ukrainalik ayol xonandalar