Konstantina Ivanivna Malitska yoki Rastik; Vira Lebedova; Chayka Dnistrova (; 30-may 1872 — 17-mart 1947) ukrainalik oʻqituvchi, yozuvchi va faol boʻlgan.

Hayoti Konstantina Malitska 1872-yilda Kalush tumanidagi Kropivnik hududida tugʻilgan. U oʻqituvchilikka oʻqigan va 1892-yilda uni tamomlagan. U boshlangʻich taʼlimdan Galich, Lujani va Lvovda, Shevchenko qizlar maktabida dars bergan.

1912-yilda Konstantina Malitska Lvovda urushni muqarrar deb bilgan holda unga tayyorgarlik koʻrish uchun „Ayollar qoʻmitasi“ yigʻilishini tashkil qildi. Yigʻilishda yana Olena Stepaniv, Mariya Biletska (1864–1937) va Olga Basarablar ham bor edi. Ular tuzgan „Milliy jangovar jamgʻarma“dan tushgan mablagʻlar Ukraina Sich oʻqchilarini moliyalashtirish uchun ishlatildi va Stepaniv uning birinchi ayol zobiti boʻldi.

1938-yilda Ikkinchi Polsha Respublikasi Ukraina ayollar ittifoqini noqonuniy deb eʼlon qildi. Natijada yana bir ayollar tashkiloti — „Drujina knyagini Olgi“ (Malika Olganing doʻstlari) tuzildi va Maritska uning yetakchilaridan biriga aylandi. Tashkilotning yangi faoliyati qisqa boʻldi, chunki u 1939-yilda sovetlar Galitsiyani bosib olishi bilan yoʻqolib ketdi.

1941-yil yozida u Ukraina Ayollar Xizmati jamiyatini tuzish tashabbusi bilan chiqdi va 1941-yil sentyabrigacha unga rahbarlik qildi.

Asarlari Konstantina Malitska bolalar uchun pyesalar, qoʻshiqlar va jurnallar uchun maqolalar yozgan. 1899-yilda u „Mali druzi“ („Kichik doʻstlar“, 1899, 1906)da bolalar hikoyalarini, „Mati“ („Ona“, 1902) jurnalida taʼlim haqidagi maqolalarini va „Z trahedii dityachix dush“ („Bolalar ruhlari fojealaridan“, 1907)ni nashr ettirdi.

Vafoti thumb|Konstantina Malitska qabr toshi, Lvov

Konstantina Malitska 1947-yilda Lvovda vafot etdi.

Manbalar

Turkum:Ukrainalik ayol aktivistlar Turkum:Ukrainalik ayol yozuvchilar Turkum:Ukrainalik feministlar Turkum:Ukrainalik ayol oʻqituvchilar