Shahzoda Mahmud Najmiddin afandi (;) — Usmoniylar shahzodasi, sulton Mehmed V va Dürriaden Kadınning farzandi. Sulton Mehmed V ning ikkinchi oʼgʼli.
Yoshligi Shahzoda Mahmud Najmiddin 1878-yil 23-iyunda Dolmabahçe saroyida tugʻilgan. Uning otasi Mehmed V sulton Abdulmajid I va Gülcemal Kadınning oʻgʻli, onasi esa Dürriaden Kadın boʻlgan. Shahzoda Mahmud sulton Abdulhamid II ning oʻgʻli Shahzoda Mehmed Abdulqodir bilan birga sunnat qilingan.
Jamoat hayoti 1909-yil 2-sentyabrda Najmiddin otasi sulton Mehmed V va aka-ukalari Shahzoda Mehmed Ziyoyiddin hamda Shahzoda Umar Hilmi bilan Bursaga safar qildi. 1910-yil 13-iyunda u va aka-ukalari Shahzoda Yusuf Izzeddinni Yevropaga ilk tashrifidan qaytib kelganida Sirkeci temir yoʻl vokzalida kutib oldilar. 1911-yil 5-iyunda esa Yevropaga ikkinchi safaridan qaytgan Izzeddinni vokzalda u va boshqa shahzodalar qarshi oldi. 1911-yil 5–26-iyun oraligʻida Najmiddin otasi va aka-ukalari bilan Rumeliaga safar qildi.
Shaxsiy hayoti Otasi taxtga chiqqach, Najmiddinga Dolmabahche saroyi hamda Yıldız saroyidan xonalar ajratildi. 1910-yilda u Kuruçeşmedagi bir villaga egalik qila boshladi. Bu yerda Najmiddin 1909-yilda vafot etgan onasining nomiga favvora bunyod etish ishlariga homiylik qildi.
Najmiddin musiqani yoqtirgan. U suhbatga kirishuvchan, tugʻma ziyrakligi darhol seziladigan kishi sifatida taʼriflangan. Uning chehrasi anchayin yoqimli boʻlsa-da, jismoniy nuqsonlardan aziyat chekkan. U kifoz bilan tugʻilgan, haddan tashqari semiz boʻlgan, chap qulogʻi esa boshiga yopishgan edi. Uning salomatligidagi muammolar onasini juda tashvishga solgan.
Vafoti
Shahzoda Mahmud Najmiddin oshqozon va yurak bilan bogʻliq kasalliklar oqibatida 1913-yil 27-iyunda vafot etdi va Eyüpda joylashgan otasining maqbarasiga dafn qilindi. Uning Kuruçeşmedagi saroyi vafotidan soʻng oʻgay onasi Kamures Kadınga oʻtdi.
Mukofotlari Usmoniylar uyi ordeni 1-darajali Usmoniya ordeni Majidiya ordeni Hijoz temir yoʻli oltin medali
Nasabi
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1878-yilda tugʻilganlar Turkum:1913-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari Turkum:Xalifalarning o‘g‘illari Turkum:Sulaymoniya takyasining qabristonida dafn qilinganlar