Shahzoda Boyazid (; 1612-yil noyabr — 1635-yil 27-iyul) — Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad I va uning birinchi xotini Mahfiruz Hadichaning ikkinchi oʻgʻli.

Hayoti Shahzoda Boyazid sulton Ahmad I va uning birinchi xotini Mahfiruz Xotunning oʻgʻli boʻlgan.

U oʻgay akasi shahzoda Muroddan (boʻlajak sulton Murod IV) bir necha oy kichik edi. Otasi sulton Ahmad 1617-yil 22-noyabrda vafot etgach, togʻasi sulton Mustafo I va akasi sulton Usmon II hukmronligi davrida nomaʼlum vaqt akalari Mehmed, Murod, Sulaymon, Qosim va Ibrohim bilan birga Kafesga joylashtirilgan. Mustafo taxtdan agʻdarilib, uning oʻrnini Usmon egallagach, Boyazidning oʻgay akasi Mehmed sulton Usmon II ning buyrugʻi bilan qatl etilgan. Oradan bir yil oʻtib Usmon II dushmanlari tomonidan oʻldirilgach, Mustafo yana taxtga qaytgan. Biroq u ikkinchi bor taxtdan agʻdarilgach, Boyaziddan bir necha oy katta boʻlgani uchun uning oʻgay akasi Murod IV undan oldin taxtga oʻtqazilgan. Yillar oʻtib, 1635-yil 27-iyulda u akasi Sulaymon bilan birga qatl etilgan. Buyruqlarni sulton Murod ijro ettirgan, chunki Murodning yanicharlar uni taxtdan agʻdarish uchun qoʻzgʻolon koʻtarishga hozirlanayotganiga ishonchli asosi bor edi.

Vafoti Shahzoda Boyazid 1635-yil 27-iyulda sulton Murodning buyrugʻi bilan Topkapı saroyida Murodning dushmanlari Boyazidni taxtga oʻtqazmoqchi ekanligi haqidagi ayrim mish-mishlar sababli qatl etilgan. Vafotidan keyin sulton Ahmad masjididagi Ahmad I maqbarasiga dafn qilinganŞefika Şule Erçetin (28 November 2016). Women Leaders in Chaotic Environments: Examinations of Leadership Using Complexity Theory. Springer. p. 77. .Mustafa Çağatay Uluçay (2011). Padişahların Kadınları ve Kızları. Ötüken, Ankara. p. 78. ..

Adabiyot va serialda Rasin Jan shahzodaning hayoti asosida „Bajazet“ nomli pyesa yozgan. Unda shahzoda amaldagi sulton boʻlgan akasi Murod IV oʻrniga taxtga munosib koʻrilgan. Shahzoda Boyazid obrazi 2015-yilgi „Koʻsem“ turk teleserialida aktyor Yiğit Uçan tomonidan gavdalantirilgan. Serialda u Gulbahor sulton ismli toʻqima choʻri obrazidan tugʻilgan oʻgʻil sifatida tasvirlanganIn the series, all concubines who gave a child to a Sultan or to a Şehzade are entitled „Sultan“. In historical reality, the title was reserved for Haseki Sultan, who for Ahmed was only Kösem Sultan. The other concubines were simply entitled „Hatun“ (Woman, Mistress or lady).. Uning serialda aks ettirilgan oʻlimi tarixiy haqiqatga mos kelmaydi, biroq serialda ham ayni tarixdagi kabi Murod tomonidan oʻldirilgan.

Manbalar

Turkum:1612-yilda tugʻilganlar Turkum:1635-yilda vafot etganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi shahzodalari Turkum:Sultonlarning o‘g‘illari Turkum:Xalifalarning o‘g‘illari