OKMK Olmaliq – professional futbol klubi. Olmaliqda joylashgan. Oʻzbekiston Superligasi vakili Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida joylashgan professional futbol klubi boʻlib, Oʻzbekiston Superligasida ishtirok etadi. Ularning futzal klubi futzal boʻyicha klublar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etdi.
Tarixi AGMK futbol klubi 2004-yilda tashkil topgan. Bosh homiy va jamoa egasi – „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ aksiyadorlik jamiyati. AGMK futbol klubining rasmiy nomi kompaniyaning rus tilidagi nomidan kelib chiqqan qisqartmadir (Rus tilida: Almalikskiy gorno-metallurgicheskiy kombinat). „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ tarqatib yuborilgan „Metallurg-Olmaliq“ futbol klubining davomchisi sifatida 1966—1988-yillarda futbol boʻyicha Sovet Ittifoqi chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etganTransfermarkt saytidagi sahifasi.
Tashkil etilgan dastlabki yillarda klub AGMK deb atalgan. 2004-yilda AGMK zavodi Oʻzbekiston Birinchi ligasida ishtirok etish uchun ariza berdi va tez orada taklif qabul qilindi. Debyut mavsumida AGMK oltinchi oʻrinni egalladi. 2005—2006-yilgi mavsumda klub oʻninchi oʻrinni egalladi. 2007-yilgi mavsum yakunida AGMK Oʻzbekiston Birinchi ligasini 7-oʻrinda yakunladi, ammo Oliy ligada ishtirok etishi kerak boʻlgan ikki klubning moliyaviy qiyinchiliklar tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgani uchun, olmaliqliklarga Oʻzbekiston Oliy ligasida ishtirok etishiga ruxsat berildi.
Oliy ligadagi debyut mavsumida klub oʻn oltita jamoa orasida oʻninchi oʻrinni egallab, Oʻzbekiston kubogi yarim finaliga yoʻl oldi. Oʻsha mavsumda oltita gol urgan Litvalik Artūras Fomenka klubning eng yaxshi toʻpurari boʻldi. 2009-yilda klub nomini „Olmaliq“ futbol klubi deb oʻzgartirdi. Oʻsha mavsumda „Olmaliq“ futbol klubi Oliy ligadagi oʻyinlari tarixidagi eng yaxshi oʻyinini koʻrsatdi – toʻrtinchi oʻrin.
2010 va 2011-yilgi mavsumda Olmaliq futbol klubi Oliy ligada oʻn birinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda sakkizinchi, keyingi mavsumda esa beshinchi oʻrinni egalladi. 2012-yilda Oʻzbekiston Professional futbol ligasi kubogining finaliga chiqqan, 2013-yilda ushbu kubok sohibi boʻlgan. 2014 va 2015-yilgi mavsumda oltinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda jamoa Oliy Ligada oʻz tarixidagi eng past natijani koʻrsatdi va 13-oʻrinni egalladi. 2017-mavsum olmaliqliklar uchun tarixiy mavsumga aylandi. AGMK ushbu mavsumda Oliy ligada yettinchi oʻrinni egallagan boʻlsa ham, shu yili oʻz tarixida ilk bor Oʻzbekiston kubogini qoʻlga kiritdi. 2020 va 2021-yilgi Oʻzbekiston chempionatining bronza medali sovrindori boʻlgan. Jamoa shuningdek, 2021-yili OCHLda debyut qilgan.
2018-yil boshida klub eski nomi – AGMKga qaytishini eʼlon qildi.
Klub prezidenti – Abdulla Xursanov (OKMK boshqaruv kengashi raisi)
Klub nomlari YillarNomlar2004—2008OTMK Olmaliq2009—2017Olmaliq futbol klubi2018—2023AGMK Olmaliq2023—OKMK Olmaliq
Mahalliy musobaqlarda MavsumLigaOʻzbekiston kubogiEng yaxshi toʻpurarMurabbiyDiv.OʻrinOʻGʻDMUGO"GOIsmGollar2004Pro liga64018517737559Play-off bosqichi Aleksandr Vostrikov14 Rafael Fabarisov2005Pro liga1034131011435049Guruh bosqichi Shukurullo Ashurov15 Rafael Fabarisov2006Pro liga6382099583569Play-off bosqichi Lenur Yunusov16 Rafael Fabarisov2007Pro liga1438139165749481/16 final Aziz Uralov5 Rafael Fabarisov2008Superliga10308913293433Yarim final Artūras Fomenka6 Igor Shkvirin2009Superliga430153125038481/8 final Muydin Mamazulunov12 Igor Shkvirin2010Superliga112685133241291/8 final Nosirbek Otaqoʻziyev13 Igor Shkvirin2011Superliga112685133745291/16 final Muydin Mamazulunov16 Igor Shkvirin2012Superliga82694133946311/8 final Zafar Polvonov7 Igor Shkvirin2013Superliga52611784643401/8 final Zafar Polvonov14 Igor Shkvirin2014Superliga62687113338311/4 final Diyor Turopov Chaker Zouagi4 Igor Shkvirin2015Superliga630128105349441/16 final Nemanja Jovanović9 Igor Shkvirin2016Superliga133082204054261/8 final Muydin Mamazulunov6 Igor Shkvirin Viktor Kumikov2017Superliga830128103132441/8 final Uladzislaw Kasmynin6 Viktor Kumikov2018Superliga103210715384137Gʻolib Jovan Đokić11 Viktor Kumikov Baxtiyor Ashurmatov2019Superliga9269512363732Ikkinchi oʻrin Zafar Polvonov15 Mirjalol Qosimov2020Superliga3261475392849Ikkinchi oʻrin Elguja Grigalashvili7 Mirjalol Qosimov2021Superliga3261385342547Yarim final Oleksandr Kasyan6 Mirjalol Qosimov2022Superliga4261358442344Yarim final Martin Boakye12 Mirjalol Qosimov2023Superliga4261376433446Ikkinchi oʻrin Xurshid Gʻiyosov9 Mirjalol Qosimov2024Superliga2261457402947Guruh bosqichi Xurshid Gʻiyosov5 Mirjalol Qosimov2025Superliga63014610443448Nim choral final Xurshid Gʻiyosov10 Mirjalol Qosimov
Xalqaro musobaqlar
MusobaqaOʻyinGʻDMUGOʻGOAFC Osiyo chempionlar ligasi9414141413Umumiy9414172213
Osiyo chempionlar ligasi
Musoboqa Pld W D L GF GA AFC Osiyo Chempionlar ligasi 11 5 1 5 17 22 Total 11 5 1 5 17 22 Mavsum Musobaqa Bosqich Jamoa Uy Safar Natija2019AFC Champions League2-saralash bosqichi Istiqlol4–2Play-off bosqich Al-Nassr0–42021Play-off bosqich Al Gharafa1–0Group A Al Hilal0–32–24 Shabab al-Ahli2–11–3 Istiqlol2–32–12023–24Dastlabki bosqich Al-Seeb1–0Play-off bosqich Al-Arabi
Stadion Stadioni – OKMK Sport majmuasi. Jamoa bu stadionda 2014-yildan buyon toʻp surmoqda.
Stadion tarixi Jamoa Yangi stadiondan foydalanishidan avval Olmaliqdagi eski Metallurg stadionida oʻz uchrashuvlarini oʻtkazgan. Metallurg 1960-yilda qurilgan boʻlib, 11 000 tomoshabinga moʻljallangan. Bugungi kunda jamoaning yoshlar tarkibi va ayollar futbol jamoalari ushbu stadiondan foydalanmoqda. 2011-yilda klub uchun Eski stadiondan uncha uzoq boʻlmagan hududda OKMK sport majmuasi qurilishi boshlanadi. Yangi Olmaliq sport majmuasida voleybol, qoʻl toʻpi, basketbol, kurash uchun yopiq kortlar hamda ochiq va yopiq tennis kortlari ham mavjud. Qurilish ishlari 2014-yilning fevral oyida yakunlandi. Eski stadion saqlanib qolgan va taʼmirlanadi. Butun sport majmuasi bilanYangi Olmaliq stadioni rasman OKMK Sport Majmuasi nomini oldi.
Stadionning tantanali ochilish marosimi 2014-yil 16-mart kuni Oʻzbekiston Ligasining 2014-yilgi birinchi hakami „Olmaliq“ – Bekobodning „Metallurg“ uchrashuvida „Olmaliq“ ning 3:2 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan edi.
2014-yilning 27-may kuni „OKMK Sport Majmuasi“ jamoasi birinchi xalqaro oʻyinni oʻtkazdi, Oʻzbekiston – Ummon oʻrtoqlik uchrashuvi 0:1 hisobida yakunlangan edi.
Yutuqlari
Mahalliy musobaqalar
Oʻzbekiston Superligasi
2-orin sohibi (1): 2024 3-orin sohibi (2): 2020, 2021
Oʻzbekiston kubogi:
Chempion (1): 2018 Ikkinchi oʻrin (2): 2019, 2020, 2023
Oʻzbekiston PFL kubogi
Chempion (1): 2013 Ikkinchi oʻrin (1): 2012
Oʻzbekiston Liga kubogi
Ikkinchi oʻrin (1): 2019
Oʻzbekiston Superkubogi
Ikkinchi oʻrin (1): 2019
Klub hodimlari
Boshqaruv
LavozimXodimlarPrezidentAbdulla XursanovBosh direktorBahodir MirzayevBosh ijrochi direktorDenis XomutovBosh menejerDoniyor YoqubovSport direktoriJahongir RisliqboevTexnik direktorMuxtor QurbonovYoshlar jamoasi kordinatoriIjrochi direktorXavfsizlik boʻyicha ofitserBehzod YunusovMatubot kotibiSherzod Boyirov
Oxirgi yangilangan: 2026-yil 26-yanvar Manba:
Murabbiylar shtabi LavozimiIsmBosh murabbiyMirjalol QosimovYordamchi murabbiyAleksandr VolkovMurabbiyHikmat ErgashevMurabbiyXayrulla KarimovJismoniy tayyorgarlik murabbiyiMarat AxmerovDarvozabonlar murabbiyiDenis IvankovMurod ZuxurovTahlilchi murabbiyiAkbar Dadashev
Oxirgi yangilangan: 2026-yil 26-yanvar Manba:
Oʻyinchilari Hozirgi
U21
U19
Jamoani boshqargan murabbiylar 2004—2008-yillarda Rafael Fabarisov bosh murabbiy boʻlgan. 2008-yilda klubga taniqli oʻzbek futbolchisi va intiluvchan murabbiy Igor Shkvirin bosh murabbiy etib tayinlandi. Jamoada kechgan moliyaviy qiyinchiliklardan soʻng, 2016-yilda u bosh murabbiylikdan ketdi va oʻrniga asli rossiyalik, qozogʻistonning Ordabasi klubi bosh murabbiyi Viktor Kumikov tayinlandi. 2018-yil boshida uning oʻrnini tajribali Baxtiyor Ashurmatov egalladi. Shu yili 22-dekabrdan hozirgi kunga qadar jamoaning bosh murabbiyi – Mirjalol Qosimov. +#MurabbiyYillar1. Rafael Fabarisov2004—2008-yillar2. Igor Shkvirin2008—2016-yillar3. Viktor Kumikov2016—2018-yillar4. Baxtiyor Ashurmatov2018-yil5. Mirjalol Qosimov.2019—
Mashhur oʻyinchilari
Oleg Zoteyev Shavkat Mullajonov Zafar Xolmurodov Jahongir Jiyamurodov Shavkat Salomov Shahboz Erkinov Sanjar Shoahmedov Nosirbek Otaqoʻziyev Javlon Guseynov Spartak Murtazoyev Kamoliddin Murzoyev Arslonmurat Amanov Maqsadmurod Shomurodov Pavel Xarchik Murod Hamroyev Umar Berdiyev Nazar Choʻlliyev Pavel Matyash Farhod Musabekov Valeriy Fomichev Giorgiy Kvesishvili Yevgeniy Gogol Aleksey Jdanov Vladislav Kasminin Yaroslav Martinyuk Vadim Chemirtan Adrian Kaskaval Artūras Fomenka Igor Petković Aleksandar Alempijević Darko Stanojević Nemanja Jovanović Igor Jelić Chaker Zouagi
Muxlislar, raqiblar, derbilar AGMK futbol klubi koʻplab muxlislarga ega, ular orasida shu nomdagi zavodning koʻplab xodimlari bor. Uning asosiy raqibi Toshkent viloyatining yana bir jamoasi – Bekobodning „Metallurg“ jamoasidir. Har ikki klub yirik sanoat korxonalari – Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va Oʻzbekiston metallurgiya kombinati sharafini himoya qilmoqda.
Ayni paytda ular Oʻzbekistonning ogʻir sanoati rivojlangan shaharlaridan biri – Olmaliq va Bekobodni ifodalaydi. AGMK va Metallurg jamoalari ishtirok etadigan „Metallurglar derbisi“ deb atalmish oʻzaro raqobat juda mashhur.
Olmaliqliklar uzoq tarixda Navoiy viloyatida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinati vakili boʻlgan Qizilqum futbol klubi (Konchilar derbisi) hamda qoʻshni Angren shahrining Angren futbol klubi bilan ham raqobat tarixiga ega.
Havolalar
Havolalar AGMK-Transfermarket AGMK – footballfacts ru FK Olmaliq – futbol yoʻli FC OKMK Olmaliq - Club profile | Transfermarkt https://t.me/fcokmk
Turkum:FK OKMK Olmaliq Turkum:Oʻzbekiston futbol klublari Turkum:Toshkent viloyati futbol klublari Turkum:Olmaliq futbol klublari Turkum:Oʻzbekiston kubogi gʻoliblari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi jamoalari Turkum:2004-yilda Oʻzbekistonda tashkil etilganlar Turkum:2004-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari