İnchiralti dengiz muzeyi — Turkiyaning Izmir shahri, Balchova tumaniga qarashli İnchiralti mahallasidagi harbiy-dengiz muzeyi. İnchiralti Ozdilek savdo markazi yaqinida joylashgan boʻlib, 2007-yil 1-iyulda ochilgan.

Muzeyning asosiy diqqatga sazovor joylari — Turk harbiy-dengiz kuchlarining safdan chiqarilgan ikkita harbiy kemasi: suv osti kemasi TCG Pirireis (S 343) (sobiq USS Tang (SS-563)) va fregat TCG Ege (F 256) (sobiq USS Ainsworth (FF-1090)). Muzeyda boshqa koʻrgazmalar ham mavjud.

Manbalar

Havolalar

Muzeyning qisqacha tavsifi. Anadolu axborot agentligi tomonidan taqdim etilgan.

Turkum:Turkiyadagi muzeylar