Rolando Bianchi (1983-yil 15-fevralda tugʻilgan) — italiyalik sobiq professional futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan.

U jami 77 ta gol bilan „Torino“ klubining barcha davrlardagi eng yaxshi toʻpurarlari roʻyxatida 11-oʻrinni egallaydi. Bianchi asosan havodagi oʻyin qobiliyati bilan tanilgan.

Klub faoliyati

Manchester Siti Uning Reggina klubidagi oʻyinlari bilan butun Yevropa klublarining eʼtiborini tortgan. 2007-yil iyul oyida Bianchi 8,8 million funt sterling (13 million yevro) evaziga „Manchester City“ga koʻchib oʻtgan. Yangi jamoasida unga 10-raqamli futbolka berilgan. Bianchi „Siti“ safidagi debyutida „West Ham“ga qarshi oʻyinda Elanoning uzatmasidan soʻng yaqin masofadan gol urgan. Bianchining ikkinchi golini Angliya liga kubogining 2-bosqichida „Bristol City“ga qarshi oʻyinda urgan. Keyinchalik Bianchi 2007-yil 9-dekabrda „Tottenham“ga qarshi oʻyinda (2:1) ingliz futbolidagi uchinchi golini urgan. Keyingi shanba kuni u „Bolton“ga qarshi oʻyinda (4-2) birinchi golni urgan. Oʻsha oyning oxirida Bianchi ingliz oshxonasi va spirtli ichimliklar madaniyatini tanqid qildi va agar u A Seriyaga qaytmasa, hech qachon toʻliq xalqaro futbolchi boʻla olmasligini aytgan.

Xalqaro karyerasi 2006-yilning yozida Bianchi 2006-yilda Portugaliyada boʻlib oʻtadigan U-21 chempionati uchun Italiya U-21 terma jamoasiga chaqirilggan. Musobaqada uch marta maydonga tushib, bitta gol urgan.

Manbalar

Havolalar

Lega Serie A profile

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Italiyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:Serie B futbolchilari Turkum:Cagliari Calcio futbolchilari Turkum:Atalanta BC futbolchilari Turkum:AS Reggina 1914 futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Torino FC futbolchilari Turkum:Bologna FC 1909 futbolchilari Turkum:AC Perugia Calcio futbolchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Manchester City F.C. futbolchilari Turkum:Segunda División futbolchilari Turkum:RCD Mallorca futbolchilari Turkum:Italiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi muhojir sportchilar Turkum:Ispaniyadagi muhojir sportchilar