Fatemehsadat Zanjani (, 2004-yil 29-iyulda Goʻrgon shahrida tugʻilgan) Melina Zanjani nomi bilan ham tanilgan tennischi. Tennis boʻyicha Eron milliy ayollar jamoasi safida oʻyin olib boradi. Hozirda kattalar oʻrtasida Eronning 1-raqamli tennischisi hisoblanadi.
Zanjani 2022-yil 18-aprelda WTA yakkalik reytingida 1681-oʻrinni egallagan. Shuningdek, 2022-yil 18-iyulda sportchi ITF oʻsmirlar oʻrtasida yakkalik reytingida 511-oʻringa qadar koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eronlik ayol tennischilar