Shahnoz Rushdiya, shuningdek, Shahnoz Ozod nomi bilan ham tanilgan (; 1901-yilda tugʻilgan — 1961-yilda vafot etgan) — jurnalist, Eron ayollar harakatining kashshoflaridan biri. Shuningdek, „Womenʼs Letter“ () jurnalining muharriri boʻlib ham faoliyat olib borganفرخزاد. پوران، ص.۳۵.
Yoshligi Shahnoz Ozod 1901-yilda Eronning Tabriz shahrida madaniyatli, oʻrta tabaqaga mansub oilada dunyoga kelgan. Uning otasi Hoji Mirzo Hasan Rushdiya yaxshi maʼlumot olgan, oʻqimishli, maktabdor shaxs boʻlgan. Shahnoz Ozod 16 yoshida jurnalist va yozuvchi Abulqosim Ozod Marogʻoyiy ismli kishiga turmushga chiqqan. Turmush oʻrtogʻi ziyoli va maʼrifatparvar inson boʻlganligi sababli bu nikoh uning taʼlimini davom ettirishiga va ijtimoiy faoliyatiga toʻsqinlik qilmagan. Bu nikoh Shahnozga siyosiy va jurnalistika sohalarida yanada faolroq boʻlishi uchun oʻzi intilgan erkinlikni taqdim etgan.
1920-yilda 20 yoshga yetmasidan turib Shahnoz eri bilan birgalikda Eronda ayollarning oʻz haq-huquqlari boʻyicha xabardorligini oshirish maqsadida „Womenʼs Letter“ (Ayollar maktubi) gazetasiga asos solgan. Ozod ayollar huquqlari, hijob, milliy va xalqaro yangiliklar haqida turli maqolalar eʼlon qilgan. Shuningdek, undagi barcha maqolalari ayollar qalamiga mansub boʻlgan. Gazetaning ilk sonida u shunday deb yozgan edi:
Shahnaz Ozod va uning turmush oʻrtogʻi tazyiq, qamoq va surgunlarga duchor boʻlish bilan bir qatorda, oʻz gazeta va jurnallarini chop etishda mablagʻ yetishmasligi va bir qator moliyaviy qiyinchiliklarga ham duch kelishganفرخزاد. پوران، ص.۳۵ساناساریان Eliz Sanasarian، ص. ۷۵ و ۵۹.
Vafoti Shahnoz Ozod 1961-yilda 60 yoshida vafot etganفرخزاد. پوران، ص.۳۵.
Yana qarang Eronda ayollar huquqlari harakati Eronda ayollar huquqlari
Izohlar
Adabiyotlar Eliz Sanasarian. Eronda ayollar huquqlari harakatlari. 1982, 1901-yildan 1979-yil inqilobigacha boʻlgan davrda isyon, tanazzul va bostirish, birinchi nashr, Tehron: Akhtaran nashriyoti 2005 (طغیان، افول و سرکوب از ۱۲۸۰ تا انقلاب ۱۳۵۷) . (Michigan universitetidan olingan asl nusxa) Pooran Faroukhzad, Eron ayollarining mehnati (kechadan bugungacha) Tehron: Qatar gazetasi 2002.کارنمای زنان کارای ایران (از دیروز تا امروز) .
Turkum:1901-yilda tugʻilganlar Turkum:1961-yilda vafot etganlar Turkum:Eron ayollar huquqlari faollari Turkum:Eron feministslari Turkum:Eron ayol jurnalistlari