Anastasiya va Mariya Andreyevna Tolmachyova (1997-yil 14-yanvarda tugʻilgan), Tolmachevy Sisters (Tolmachyova opa-singillari) nomi bilan tanilgan rossiyalik egizak qoʻshiqchi va aktrisalardir. Ular Rossiyaning Kursk shahrida tavallud topgan. Tolmachevy Sisters toʻqqiz yoshida „Vesenniy jazz“ qoʻshigʻi bilan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2006“ qoʻshiq tanlovida gʻolib chiqqan. Oradan sakkiz yil oʻtgach, ular „Shine“ qoʻshigʻi bilan Rossiya sharafini „Eurovision — 2014“ tanlovida himoya qilgan hamda yettinchi oʻrinni egallagan. Opa-singillar 2007-yilda „Polovinki“ nomli albomini taqdim etgan.
Karyerasi Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2006 Opa-singillar 2006-yil 4-iyunda (toʻqqiz yoshda) oʻtkazilgan milliy saralash bosqichida gʻolib chiqib, Rossiya sharafini Ruminiyaning Buxarest shahrida boʻlib oʻtgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2006“ qoʻshiq tanlovida himoya qilgan. Keyinchalik ular „Vesenniy jazz“ qoʻshigʻi bilan tanlovda 154 ball toʻplagan holda gʻalaba qozongan. Belarus vakillari esa 129 ball bilan ikkinchi oʻrinni egallagan.
2007-2010-yillar: „Polovinki“ albomi va Eurovisiondagi chiqishlar 2007-yilda Tolmachyova opa-singillari oʻzlarining ilk „Polovinki“ nomli albomini chiqargan. Shuningdek, ular Gʻalaba kuni munosabati bilan Moskvaning Qizil maydonida „Katyusha“ qoʻshigʻini ijro etgan.
2009-yilda Tolmachyova opa-singillari Rossiyaning Moskva shahrida oʻtkazilgan „Eurovision — 2009“ qoʻshiq tanlovi birinchi yarim finalining ochilish marosimida chiqish qilgan. 2010-yilda esa ular Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision — 2010“ qoʻshiq tanlovining tanaffus dasturida mehmon sifatida qatnashgan. Mazkur chiqishda avvalgi yillar gʻoliblari oʻzlarining qoʻshiqlarini popuri tarzida ijro etgan.
Eurovision — 2014
Tolmachevy Sisters „Shine“ qoʻshigʻi bilan Daniyaning Kopengagen shahrida oʻtkazilgan „Eurovision — 2014“ qoʻshiq tanlovida Rossiya vakillari sifatida ishtirok etgan. Ular musobaqani 89 ball bilan yettinchi oʻrinda yakunlagan.
Tolmachyova opa-singillari yarim final va final chiqishlari vaqtida tomoshabinlarning hushtakbozligiga duch kelgan. Rossiyaga ballar berilgan paytda ham hushtak ovozlari eshitilgan. Fraser Nelson bu holat haqida: „Eurovision tomoshabinlarining kimnidir hushtakbozlik bilan qarshi olganini oxirgi marta qachon koʻrganimni eslay olmayman; hatto 2003-yildagi Iroq urushi davrida ham Buyuk Britaniyaga nisbatan bunday munosabat boʻlishmagan“, — deb yozgan.
2015-yil — hozirgacha 2019-yilda oʻtkazilgan „Eurovision — 2019“ tanlovida Tolmachevy Sisters Rossiya hakamlar hayʼati tarkibidan oʻrin olganPo kakim kriteriyam v jyuri „Yevrovideniya“ voshli modeler Igor Gulyaev, syostri Tolmachyovi i Simon OsiashviliOt dizaynera Gulyaeva do sestyor Tolmachyovix: Raskrit sostav rossiyskogo jyuri Yevrovideniya 2019. Manbalar
Turkum:Rus musiqiy quruhlari Turkum:2006-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar Turkum:Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari