Xadicha Afzal Vaziriy (; 1889-yilda tugʻilgan — 1981 -yil 3-yanvarda vafot etgan) — eronlik ayollar huquqlari faoli, jurnalist va pedagog.

Yoshligi Xadicha Afzal xonim 1889-yilda Qojarlar Eronining Tehron shahrida dunyoga kelgan. Uning onasi ayollar huquqlari faoli Bibi Xonim Astarobodiy, otasi esa Musoxon Vaziriy boʻlgan. U oilada besh farzandning eng kichigi edi. Ayrim tarixiy manbalarga koʻra, Bibi Xonim hali oʻz maktabini ochmagan paytida qizining akalari bilan birga oʻqishi uchun uni oʻgʻil bolalar kiyimida maktabga yuborgan. Uning Hasan Alixon Vaziriy, Ali Naqiy Vaziriy ismli akalari hamda Mavlud Xonim ismli opasi boʻlgan.

Xadicha Afzal 16 yoshga toʻlganida onasi tomonidan asos solingan Doshizegan boshlangʻich maktabida qizlarga dars bera boshlagan. Shu tariqa u Eronda tashkil etilgan ilk qizlar maktabidagi dastlabki oʻqituvchilardan biriga aylangan. Keyinchalik Vaziriy aka-opalari tomonidan asos solingan maktabda ham dars bergan.

Xadicha Afzal amakivachchasi Ogʻa Bozorg Mallohga turmushga chiqqan. Ularning Mahlagʻa Malloh, Amir Hushang, Husaynali, Mehrangiz, Xusrav va Taymur ismli farzandlari boʻlgan. Biroq ular orasida Taymur 11 oyligida vafot etgan. Qizi Mahlagʻa ziyorat safari chogʻida karvonsaroyda dunyoga kelgan.

Faoliyati Oʻqituvchilikdan tashqari Vaziriy ayollar masalalariga oid gazetalar uchun maqolalar yoza boshlagan. Uning eng eʼtiborga molik maqolalaridan biri „Shafaq-e-Sorx“ gazetasida chop etilgan. Unda Vaziriy nomaʼlum muallif tomonidan eʼlon qilinayotgan ayollarga qarshi hujumlarga javob qaytargan va maqola yakunida shunday yozgan: „Ayollar erkaklar bilan birga oʻqisin va ishlasin, shunda ayollar erkaklardan kam emasligini koʻrasiz“. U butun umri davomida dars bergan va qizlar maktablariga rahbarlik qilgan.

1930-yillarda koʻplab ayollar yuzni yopuvchi niqobni taqishni toʻxtata boshlagan boʻlsa-da, chadra kiyish ommabopligicha qolgan edi. Vaziriy Sidiqa Davlatobodiy bilan birga modaga oʻzgartirish kiritishni targʻib qilgan va natijada qoʻllarni erkinroq harakatlantirish imkonini beruvchi liboslar yaratgan. 1930-yilda yozgan ochiq maktubida Vaziriy 7–8 yoshli qizlarni chadra kiyishga majburlanishi, chadra kiyimaganlarning maktabdan chetlatilishi, bu esa ularning taʼlim olish imkoniyatlariga taʼsir qilishini muhokama qilgan.

Vafoti Xadicha Afzal Vaziriy 1980-yilda vafot etgan va Behishti Zahro qabristonining 34-boʻlimiga (183-qator 35-raqam) dafn etilganNoushin Ahmadi Khorasani: Iranian Womenʼs Equality Calendar .

Manbalar

Havolalar

Intervyu: Mahlaqo Malloh onasining hayoti haqida

Turkum:1889-yilda tugʻilganlar Turkum:1981-yilda vafot etganlar Turkum:Eronlik feministlar Turkum:Tehronlik jurnalistlar Turkum:Eronlik ayollar huquqlari faollari Turkum:20-asr eronlik pedagoglar Turkum:20-asr eronlik ayol yozuvchilar