Fangyuan sanʼat muzeyi ()Tayvanning Taynan shahri, Jiangjun tumanidagi Xixua mahallasida joylashgan sanʼat muzeyidir.

Tarixi Muzey binosi dastlab 1944-yilda Jiangjun tumanining birinchi starshinasining uy-qarorgohi — Sui bogʻi sifatida qurilgan, u Xuang Tsin-vu edi. Keyinchalik u bu joyni „Suisheng“ klinikasiga aylantirdi. 2008-yilda tadbirkor Lin Chen-fen bino sotib oldi. Soʻng u uni tasviriy sanʼat muzeyiga aylantirish uchun qayta qurdi.

Meʼmoriy tuzilishi Bino tayvancha va gʻarbona meʼmoriy uslublar uygʻunligidan iborat boʻlib, yoʻlaklar va egri, arkali ravoqchalar bilan bogʻlangan toʻrt qismli hovlini oʻz ichiga oladi. Binoning old qismi gʻarbona uslubda qurilgan, orqa qismi esa Sanheyuan bilan tutashgan.

Koʻrgazmalar Muzeyda ilk davr Tayvanida keng qoʻllanilgan sopol va chinni buyumlar namoyish etiladi.

Manbalar

Turkum:Tayvandagi muzeylar