Martyna Kubka (2001-yil 19-aprelda tugʻilgan) — polshalik tennischi. 2024-yil 22-iyulda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha WTA reytingida 305-oʻrin, 2025-yil 21-aprelda juftlik yoʻnalishida 123-oʻringa koʻtarilishga muvaffaq boʻlgan.
Sport faoliyati Kubka WTA turnirining asosiy toʻr bahslarida ilk bor 2021-yilgi WTA Polsha ochiq turniri juftlik bahslarida ishtirok etgan. Yakkalik yoʻnalishi boʻyicha esa ilk bor 2022-yilgi Polsha ochiq turnirida qatnashib, birinchi davrada Elisabetta Cocciarettoga oʻyinni boy bergan.
Kubka 2023-yil noyabr oyida Polsha terma jamoasi safida Billie Jean King kubogi final bahsida juftlik yoʻnalishida ilk bor maydonga tushgan.
Weronika Falkowska bilan hamkorlikda sportchi 2024-yilgi WTA 125 Polsha ochiq turnirida juftlik yoʻnalishi chempionligini qoʻlga kiritgan. Ular final uchrashuvida Céline Naef va Nina Stojanovićni magʻlub etgan.
Manbalar
Turkum:2001-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polshalik ayol tennischilar Turkum:21-asr polshalik sportchi ayollar