Alina Alekseevna Charaeva (; 2002-yil 27-mayda tugʻilgan) — rossiyalik tennischi. 2026-yil 6-aprelda WTA tasnifida yakkalik yoʻnalishi boʻyicha 126-oʻrin, 2025-yil 28-iyulda juftlik yoʻnalishi boʻyicha 203-oʻrinni band qilgan. Bu uning sport faoliyatidagi eng yuqori reyting koʻrsatkichlari hisoblanadi. Yakkalik bahslari boʻyicha 1 ta WTA 125 unvonini, shuningdek, ITF ayollar oʻrtasida jahon tennis turnirlari seriyasi yakkalik yoʻnalishida 8 ta, juftlik yoʻnalishida esa 6 ta unvonni qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan.
Sport faoliyati Charaeva WTA Turdagi debyut ishtirokini 2019-yilgi Kremlin kubogi turnirida amalga oshirgan. Sportchi ushbu musobaqaning juftlik yoʻnalishi asosiy toʻr bahslariga yoʻllanma olgan va Sofya Lansere bilan juftlik hosil qilgan.
Charaeva 2023-yilgi WTA Andorra ochiq turniriga ham yoʻllanma olib, uch setda uchinchi raqam ostida tasniflangan Océane Dodinni magʻlub etgan hamda ikkinchi bosqichga yoʻllanma olgan. Bu bosqichda esa sportchi Heather Watsonga oʻyinni boy bergan.
Charaeva 2025-yilgi Huzhou ochiq turnirda ishtirok etgan va ilk WTA 125 musobaqasi finaliga chiqishga muvaffaq boʻlgan. Finalda sportchi Veronika Erjavecga magʻlub boʻlgan.
Charaeva 2025-yilgi Pan Pacific ochiq turnirida ishtirok etish uchun saralash bosqichidan oʻtib, WTA Tur yakkalik bahslarining asosiy toʻr bahslaridagi ilk ishtirokini amalga oshirgan. Biroq tennischi birinchi bosqichda Jaqueline Cristianga magʻlub boʻlgan.
Charaeva ilk WTA 125 unvonini 2026-yilgi Dow Tennis Classic musobaqasida qoʻlga kiritgan. U final bahsida Guo Hanyuni magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan.
Manbalar
Turkum:2002-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Rossiyalik ayol tennischilar Turkum:21-asr rossiyalik ayol sportchilar