Voltaj () — ruminiyalik pop-rok guruhi. U Ruminiya tarixidagi eng muvaffaqiyatli musiqiy jamoalardan biri sifatida eʼtirof etilgan. Guruh „20“, „De la capăt“ va „De mâine“ kabi ommabop qoʻshiqlari bilan keng shuhrat qozongan.
Tarixi Voltaj 1982-yilda Buxarest shahrida Horațiu Rad (bas-gitara), Nikki Dinescu (baraban), Gabi Nacu (gitara), Cristi Minculescu (vokal) va Adrian Ilie (gitara) tomonidan tashkil etilgan„Voltaj Biography“. catmusic.ro. Retrieved 9 May 2020. Dastlab guruhning musiqiy uslubi hard-rokning boʻlgan boʻlib, u Ruminiya sahnasidagi anʼanaviy hevi-metallning ilk namoyondalaridan biri hisoblangan"Compilation of early voltaj demos". youtube.com. Retrieved 9 May 2020.
Bu davr mobaynida guruh tarkibida koʻplab oʻzgarishlar yuz bergan. Ichki kelishmovchiliklar natijasida Voltaj 88' nomi bilan tanilgan ikkinchi Voltaj jamoasi ham shakllangan. Ushbu guruh 1990-yillarda bir nechta albom chiqarishga muvaffaq boʻlgan.
1996-yilda chiqarilgan ilk albomi — „Pericol de Moarte“ vaqtiga kelib, dastlabki tarkibdan faqat barabanchi Nikki Dinescu qolgan edi. Albomda vokal ijrochisi sifatida Tavi Colen ham ishtirok etgan. Mazkur albom Voltajning hevi-metall uslubida yozilgan yagona studiyaviy albomi hisoblanadi.
1998-yildan boshlab guruhning qolgan ikki aʼzosi — bas-gitarachi Vali Ionescu va gitarachi Gabi Constantin yangi tarkibni shakllantirdi. Ular klavishchi Bobby Stoicani jamoaga jalb qildilar, u esa vokalist Călin Goiani guruh safiga olib keldi. Goiyaning vokali va ijodiy yondashuvi bilan Voltajning mashhurligi hamda muvaffaqiyati tez sur’atlarda osha boshladi.
„Risc Maxim 2“ albomi chiqarilishi bilan guruh oʻz uslubini elektron musiqa taʼsiridagi pop-rok yoʻnalishiga oʻzgartirdi. 2002-yilda jamoaga barabanchi Oliver Sterian qoʻshildi. U marhum Valeriu Sterianning oʻgʻli hisoblanadi.
„20 ani“, „Albinuța“, „De mâine“, „De la capăt“ va „Doar pentru ea“ kabi koʻplab xit qoʻshiqlarni chiqargan Voltaj Ruminiyaning eng mashhur musiqiy guruhlaridan biriga aylangan.
Voltaj 2005-yilda MTV Europe Music Awards 2005 marosimida „Eng yaxshi ruminiyalik guruh“ mukofotiga sazovor boʻlgan.
Jamoa Selecția Națională 2015 tanlovida gʻolib chiqqach, Ruminiya nomidan „Eurovision–2015“ tanlovida „De la capăt“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. Ular yarim final bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, finalda 35 ball toʻplagan va 15-oʻrinni egallagan.
Guruh aʼzolari
Hozirgi aʼzolar Călin Goia (vokal) Gabi Constantin (elektron gitara) Adrian Cristescu (klavishli cholgʻular) Valeriu Ionescu (bas-gitara) Oliver Sterian (baraban)
Sobiq aʼzolari Cristi Minculescu (vokal) Adrian Ilie (gitara) Dan Cimpoieru (gitara) Horațiu Rad (bas-gitara) Nikki Dinescu (baraban) Gabi Nacu (gitara) Cristi Ilie (vokal) Amedeo Bolohoi (gitara) Dan Mateescu (bas-gitara) Doru Istudor (baraban) Bogdan Cristea (vokal) Cristi Marinescu (gitara) Doru Borobeică (bas-gitara) Manuel Savu (gitara) Eugen Sălceanu (klavishli cholgʻular) Florin Ionescu (baraban) Paul Neacșu (baraban) Bobby Stoica (klavishli cholgʻular) Tavi Colen (vokal)
Diskografiyasi Studioviy albomlari Nomi Maʼlumotlar Pericol de moarte (Deadly Danger) Chiqarilgan: 1996 Leybl: Roton Music Risk Maxim 2 Chiqarilgan: 1999 Leybl: Roton Music Bungee Chiqarilgan: 2000 Leybl: Roton Music 3D Chiqarilgan: 2001 Leybl: Cat Music 424 Chiqarilgan: 2002 Leybl: Cat Music Povestea oricui (Anyoneʼs Story) Chiqarilgan: 2004 Leybl: Cat Music Revelator Chiqarilgan: 2006 Leybl: Cat Music V8 Chiqarilgan: 2009 Leybl: Cat Music Dă vina pe Voltaj (Blame Voltaj) Chiqarilgan: 2012 Leybl: Cat Music X Chiqarilgan: 2016 Leybl: Cat Music Ca La 20 De Ani Chiqarilgan: 2019 Leybl: Cat Music
Singllar Asosiy ijrochi sifatida Nomi Yil Chartlardagi eng yaxshi natijasi Albom AUT ICE „Asta-i viaţa“ (Thatʼs Life) 1999 — — Risk Maxim 2 „…Tu“ (You) 2002 — — 424 „Scrisoare“ (Letter) — — „Noapte bună“ (Good Night) 2003 — — „One Day I’ll Win“ 2005 — — Remix „Da vina pe voltaj“ 2012 — — Da vina pe voltaj „Meci De Box“ 2014 — — X „De la capăt“ 70 48 „Om“ 2020 — — Manbalar
Havolalar Official site Interview Bobby Stoica (keyboardist Voltaj) Interview Calin Goia (singer Voltaj) Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:MTV Europe Music Award sovrindorlari Turkum:1982-yilda tashkil etilgan musiqiy guruhlar