Amr bin Umayyah ad-Damriy — islom paygʻambari Muhammadning sahobasi(online).. Paygʻambar Muhammad Amr bin Umayyah ad-Damriyni Abu Sufyonni oʻldirish uchun yuborganMubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 211..
Harbiy yurishlar
Amr ibn Umayya al-Damriy 627-yilgi yurishga boshchilik qilgan. Muhammad paygʻambar Xubayb bin Adiyning oʻlimi uchun Abu Sufyondan qasos olish maqsadida Amr bin Umayya ad-Damriyni yuborgan. Musulmon olimi Safiyur Rahmon Muborakpuriyning soʻzlariga koʻra, Quraysh qabilasi ar-Rojiy yurishi paytida Uqba bin al-Horis orqali Xubayb bin Adiyni xochga mixlashni buyurgan, chunki u Uqba bin al-Horisning otasini oʻldirgan ediMubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, pp. 350-351.. Uch nafar mushrik musulmonlar tomonidan oʻldirilgan va bir nafari asir olingan.
U, shuningdek, bir al-Maona qirgʻini voqealari tafsilotlarini tekshirish uchun yuborilgan kishilardan biri edi. Bu qirgʻin haqidagi xabar Muhammad paygʻambarga yetgan va juda qaygʻuga botib, masalani toʻliq tekshirish uchun Amr bin Umayya ad-Damriy hamda bir ansorni u yerga yuborganMubarakpuri, The sealed nectar: biography of the Noble Prophet, pp. 352.. Qarqaraga qaytayotganida Amr bin Umayya bir daraxt soyasida dam olgan va u yerda Banu Kilob qabilasidan ikki kishi unga qoʻshilgan. Ular uxlab qolganida Amr oʻldirilgan safdoshlarining qasosini olaman degan oʻyda ularning ikkalasini ham oʻldirgan.
Keyin Amr ularga paygʻambar Muhammad tomonidan omonlik berilganini bilib qolgan. U paygʻambarga qilgan ishini aytib bergan. Shunda Muhammad paygʻambar Amrga oʻzi omonlik bergan kishilarning oʻldirilgani uchun albatta xun toʻlashi shartligini aytgan.
Elchi Amr bin Ummayya ad-Damriy islomga daʼvat qilish uchun Habashiston (hozirgi Efiopiya) podshohi Ashama ibn Abjarning huzuriga elchi sifatida yuborilganSafiur-Rahman Mubarakpuri, The Sealed Nectar, p. 221..
Yana qarang Muhammadning yurishlari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Sahobalar