Christabelle Borg (1992-yil 28-aprelda tugʻilgan) — Christabelle taxallusi bilan tanilgan maltalik xonanda, qoʻshiq muallifi va teleboshlovchi. U Malta nomidan Portugaliyaning Lissabon shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2018“ tanlovida „Taboo“ qoʻshigʻi bilan ishtirok etgan. Biroq yarim finalda 101 ball bilan 13-oʻrinni egallagan holda finalga yoʻllanma ololmagan.

Yoshligi Borg 1992-yilda Maltaning shimolidagi Mġarr qishlogʻida tugʻilgan.

Keyinchalik u Los-Anjelesdagi Mount Saint Mary's Universityda musiqa yoʻnalishida tahsil olib, 2014-yilda uni tamomlagan. Shundan soʻng Malta Universitetida buxgalteriya hisobi boʻyicha oʻqib, 2015-yilda magistrlik darajasini olgan.

Karyerasi Borg oʻz faoliyatini oʻsmirlik davrida boshlagan va Maltadagi „Teen Trouble“ hamda „Teen Traffic“ telekoʻrsatuvlariga boshlovchilik qilgan.

2005-yilda u „Going Wild“ qoʻshigʻi bilan „Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision-2005“ tanlovida Malta nomidan ishtirok etish uchun saralashda ishtirok etgan.

2014-yilda Borg „Lovetricity“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision-2014“ tanlovi uchun mahalliy saralashda qatnashib, finalda sakkizinchi oʻrinni egallagan. U 2015-yilda „Rush“ va 2016-yilda „Kingdom“ qoʻshiqlari bilan tanlovga qaytib, mos ravishda ikkinchi va toʻrtinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritgan.

2018-yilda Borg „Taboo“ qoʻshigʻi bilan Eurovision-2018" tanlovi mahalliy saralashida yana bir bor ishtirok etib, tanlov gʻolibiga aylangan. Shu tariqa u Malta nomidan Portugaliyaning Lissabon shahrida oʻtkazilgan „Eurovision–2018“ qoʻshiq tanlovida qatnashgan.

Diskografiyasi Singllar Nomi Yil Albom I Wanna Know 2009 rowspan="14" Flame Naturally Everytime I Bleed Everything About You 2011 Say 2012 Fall for You 2013 Bay Kids Song Lovetricity 2014 Rush 2015 Kingdom 2016"Never Gone 2017 Taboo 2018 Breathe 2021

Manbalar

Turkum:Maltalik Eurovision qoʻshiq tanlovi ishtirokchilari Turkum:Mġarrda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar