Marjorie Noël (asl ismi Françoise Nivot; 1945-yil 25-dekabr — 2000-yil 30-aprel) — fransuz pop xonandasi. U 1960-yillarning oʻrtalarida qisqa muddatli musiqiy faoliyat olib borgan va Monako nomidan „Eurovision–1965“ tanlovida ishtirok etgani bilan mashhur.

Marjorie Noël Parijda tugʻilgan. Uning ilk ijod naʼmunalari 1964-yilda chiqarilgan. Keyingi yili esa u Monako nomidan 1965-yil 20-mart kuni Italiyaning Neapol shahrida oʻtkazilgan oʻninchi „Eurovision qoʻshiq tanlovi“da ishtirok etishga taklif qilingan.

Tanlov uchun tanlangan „Va dire à l’amour“ („Muhabbatga borib ayt“) qoʻshigʻi torli cholgʻular joʻrligida ijro etiladigan sokin ballada boʻlib, 18 ishtirokchi orasida toʻqqizinchi oʻrinni egallaganESC History 1965"Va dire à l'amour" at diggiloo.net. „Va dire à l’amour“ singli Fransiyada taxminan 20 ming nusxada, Yaponiyada esa 300 ming nusxada sotilgani qayd etilgan . Keyinchalik Noël Antibes shahrida oʻtkazilgan „La Rose d’Or“ festivalining 1965-yilgi mavsumida ishtirok etgan. Faoliyati davomida u jami yettita mini-albom chiqargan.

Marjorie Noël 1967-yilda shou-biznesdagi faoliyatini yakunlab, umrining qolgan qismini omma e’tiboridan chetda o‘tkazgan. U 2000-yil 30-aprelda, 54 yoshida Cavaillon shahrida miya qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

Diskografiyasi 1964: „“ 1964: „“ 1965: „“ 1965: „“ 1965: „“ 1966: „“ 1967: „“

Manbalar

Havolalar Discography and cover art at encyclopédisque.fr

Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:Parijda tugʻilganlar Turkum:Cavaillonda vafot etganlar