Gavhar Xotun (, shuningdek, Govhar, Gevher, Cevher, Javhar tarzida ham yoziladi), boshqa manbalarda Mahdi Iroq („Iroqlik kelin“) Saljuqiylar malikasi, Gʻaznaviylar sultoni Masʼud III () bilan turmush qurgan va uning ikkinchi rafiqasiga aylangan.
Tarjimai holi Gavhar Malikshoh va uning rafiqasi Zubayda Xotunning qizi boʻlib, Iroqda yashagan. 1073-yilda Masʼud III bilan unashtirilib, keyinchalik unga turmushga chiqqan. Bundan avval Mas’ud Malikshohning singlisiga uylangan edi. Baʼzi manbalarga koʻra, Gavhar Mas’udning oʻgʻli Arslonshohning onasi boʻlgan. Boshqa manbalarda esa GAavhar uning oʻgay onasi ekani aytilgan. Arslonshoh hukmronligi davrida Gavharga yomon munosabatda boʻlingan. Bu esa uning ukasi Sanjarning Arslonshoh hududlariga bostirib kirishiga sabab boʻlgan. Sanjar Arslonshohni qatʼiy tarzda magʻlub etib, uning ukasi Bahramshohni Gʻaznaviylar taxtiga oʻtqazib, shu bilan birga Saljuqiylar ustuvorligini tan oldirgan. Bu voqeadan soʻng Gavhar haqida manbalarda boshqa maʼlumot uchramaydi. Gavhar Xotun XII asrda vafot etgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:11-asrda tugʻilganlar Turkum:12-asrda vafot etganlar Turkum:Saljuqiy malikalar