Arquq - oʻrta asrlarda muhim strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega boʻlgan shahar va qal’a. U Sirdaryoning gʻarbiy sohilida joylashgan bolib, hozirgi Qozogʻistonning Turkiston viloyati yerlariga toʻgʻri keladi. Tarixiy manbalarda Arkuk, Arquq, Argoʻk, Arkoʻk, Artuq yoki Artiq nomlari bilan ham qayd etilgan. Arquq Sirdaryo boʻyidagi boshqa Oʻtror, Turkiston viloyati, Sig'noq, Savron, Suzoq kabi yirik shahar va qalʼa hisoblangan. Arquq qalʼasi XVI-XVII asrlar tarixiga oid markaz hisoblanadi. Bu davrda Shayboniylar va Qozoq xonligi oʻrtasida Sirdaryo boʻyidagi shaharlar uchun urush va janglar olib boriladi. Bunday urush natijasida qal’a vayronaga aylanadi va aholi tomonidan tashlab ketiladi.
Tarixi Arquq haqidagi ilk maʼlumotlar 1446-yilga oid boʻlib, shayboniylar tarixchisi Masʼud ibn Usmon Koʻhistoniy tomonidan yozilgan „Tarixi Abulxayrxoniy“ asarida uchraydiFazlallax ibn Ruzbixan Isfaxani Mixman-name-yi Buxara (Zapiski buxarskogo gostya) // per. R. P. Djalilovoy. — M.: Vostochnaya literatura, 1976. Shuningdek asarda Arquq qal’asi bilan birga, Sirdaryoning gʻarbiy qirgʻogʻida joylashgan boshqa qal’alar — Xoʻjand qal’asi, Oqqo'rg'on qal’asi va Oʻzgand qal’asi ham tilga olinadi. Bu qal’alar Arquq qal’asi bilan birgalikda yagona mudofaa tizimini tashkil etgan. Moʻgʻullar bosqinidan soʻng shahar asta-sekin jonlana boshlagan edi. Sirdaryo aholisi qaytadan dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shugʻullana boshladi. Ularning mahsulotlarini sotish uchun yirik bozorlar kerak edi. Natijada Sirdaryo orqali janubdagi Samarqand, Buxoro va Astraxan kabi shaharlar oʻrtasida yirik savdo aloqalari qayta tiklandi. Mudofaa devori sifatida qal’alar qurildi. Bunday islohotlar Temuriylar davrida yuz bergan edi. Arquq soʻzi sof qadimiy turkiy tilga mansub soʻz boʻlib, „toʻsin, koʻndalang yogʻoch“ yoki „oʻjar, qatʼiyatli“ degan maʼnolarni anglatadi. Qal’a mustahkam qilib qurilgani uchun shunday nom olgan. Hajman uncha katta boʻlmasa-da, Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻida joylashgan yirik savdo shaharlari — Yasi va Sigʻnoqni dasht tomondan boʻlishi mumkin boʻlgan kutilmagan hujumlardan himoya qilgan. Shu bilan birga, u Sharqiy Turkistondan Movarounnahrga olib boruvchi karvon yoʻllarini nazorat qilgan. Sirdaryo boʻyidagi qal’alar uchun kurash ayniqsa Muhammad Shayboniyxon va Burunduqxon oʻrtasida keskin tus olgan. Bu kurash 1470–1510-yillar oraligʻida, ayrim tanaffuslar bilan qariyb qirq yil davom etgan. Biroq tomonlarning hech biri mutlaq ustunlikka erisha olmagan. Natijada sulh tuzilgan unga koʻra, Sirdaryo boʻyidagi uch muhim shahar — Sovron, Sigʻnoq va Suzoq Qozoq xonligi tarkibida qolgan. Arquq qal’asi va vodiydagi boshqa muhim istehkomlar esa Shayboniylar davlati qoʻlida qolgan. Arquq qal’asining noibi etib Muhammad Shayboniyning jiyani — Ubaydullaxon tayinlangan. Manbalar Turkum:Qozogʻiston tarixiy viloyatlari Turkum:Qalʼalar