Carousel — 2019-yilda Tel Aviv shahrida oʻtkazilgan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida Latviya nomidan ishtirok etgan musiqiy guruh. Guruh dastlab uning asoschilari Sabīne Žuga va Mārcis Vasiļevskisdan iborat duet sifatida tashkil etilgan. 2019-yilda esa Staņislavs Judins (kontrabas) hamda Mareks Logins (barabanchi) guruh tarkibiga qoʻshilgan.
Carousel Latviyaning „Eurovision 2019“ uchun milliy saralashi — „Supernova“ tanlovida gʻolib chiqib, mamlakat vakili sifatida tanlangan. Guruh Tel-Avivda oʻtkazilgan tanlovning ikkinchi yarim finalining birinchi qismida oʻzining „That Night“ qoʻshigʻini ijro etgan, biroq final bosqichiga yoʻllanma ololmagan.
Diskografiyasi Mini-albomlar Nomi Maʼlumotlar Sketches of Sleepless Nights Chiqarilgan: 2019-yil 27-may
Singllari Yil Nomi Chartdagi eng yuqori natijasi Albom LTUPeaks in Lithuania: „That Night“: That Night 2019 62 Sketches of Sleepless Nights
Manbalar
Turkum:Eurovision ishtirokchilari Turkum:2015-yil tashkil etilgan musiqiy guruhlar