María de los Ángeles Felisa Santamaría Espinosa (1947-yil 2-avgustda tugʻilgan), professional sifatida Massiel () nomi bilan tanilgan, ispaniyalik pop va protest qoʻshiqchisi. U 1968-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida "La, la, la" qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqdi va Ispaniyadan tanlovda gʻolib chiqqan birinchi ijrochi boʻldi.
Messiel oʻzining birinchi audioyozuvlarini 1966-yilda chiqargan boʻlishiga qaramay, 1996-yili musiqa karyerasidan voz kechishga qaror qildi, ammo bir yil oʻtgach, yana bir albomini chiqardi. Shuningdek, 2007-yilda yana boshqa bir albomi bilan birga 1970-yillardagi albomlarning ikkita yangi nashri chiqdi. Biografiyasi Massiel Ispaniyaning Madrid shahrida tugʻilgan. Uning asturiyalik otasi Emilio Santamariya Martin badiiy menejer boʻlgan, shuning uchun u bolaligidan qoʻshiqchilar va musiqiy guruhlar atrofida boʻlgan va yoshligida qoʻshiqchi, aktrisa va qoʻshiqnavis boʻlishga qaror qilgan. Uning onasi Konsepsion Espinosa Peñas(1920-2011) ham asturiyalik boʻlgan.
Uning birinchi yozuvlari „Di que no“, „No sé porqué“, „Llueve“, „No comprendo“, „Y sais que vi“, „Rufo el pescador“, „Aleluya“ va „El era mi amigo“ boʻlib, 1966-yilda chiqarilgan. 1967-yili doʻsti Luis Eduardo Aute tomonidan yozilgan „Rosas en el mar“ qoʻshigʻi uni Ispaniya va Lotin Amerikasida qoʻshiqchi sifatida tanitdi. Shundan soʻng, Massiel 1967-yilda „Vestida de familiya“ filmida rol ijro etishga taklif qilinadi.
Manbalar
Turkum:Ispan qoʻshiqchilari Turkum:Ispaniyalik aktrisalar