Anastasiya Vinnikova (; ; 1991-yil 15-aprelda tugʻilgan) — belaruslik xonanda. U „I Love Belarus“ qoʻshigʻi bilan Belarus nomidan „Eurovision–2011“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan, biroq final bosqichiga chiqa olmagan.

Biografiyasi Anastasiya Vinnikova 1991-yil 15-aprelda Belarus SSR tarkibidagi Dzyarzhynsk shahrida tugʻilgan. U Minsk davlat tilshunoslik universitetining tarjima va tarjimonlik fakultetida tahsil olgan.

Eurovision Anastasiya Vinnikova 2011-yilda „I Love Belarus“ qoʻshigʻi bilan „Eurovision“ qoʻshiq tanlovida ishtirok etgan. Qoʻshiq muallifi Evgeny Oleinik hisoblanadi. Dastlab Vinnikova tanlovda „Born in Bielorussia“ qoʻshigʻini ijro etishi kerak edi, biroq ushbu qoʻshiq 2010-yil yozida avvalroq omma oldida ijro etilgani aniqlangach, u tanlov dasturidan chiqarilgan. Anastasiya „Eurovision–2011“ning ikkinchi yarim finalida qatnashgan. Belarus yarim finalda 45 ball toʻplab, 14-oʻrinni egallagan va final bosqichiga yoʻl ololmagan.

Diskografiyasi Singllari 2009 : Your Love Is… 2010 : Here We Go for the Gold 2010 : Born in Bielorussia 2010 : Mama 2011 : I Feel You 2011 : I Love Belarus (Maya Belarus-Moya Belarus) 2011 : Shining in Twilight 2012 : One Life 2012 : Crazy 2012 : Kalendar 2013 : Itʼs My Life with Petr Elfimov 2013 : Xto Kazaoʻ Aura bilan 2016 : Paranoyya 2017 : Nulevoy rubej 2018 : Nelyubov Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Dzyarzhynskda tugʻilganlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari