„Per sempre sì" (italyancha talaffuzi:[per ˈsɛmpre ˈsi]; tarjimasi: „Abadiy ha“) — italiyalik qoʻshiqchi Sal Da Vinci tomonidan ijro etilgan va hamkorlikda yozilgan qoʻshiqdir. Qoʻshiq 2026-yil 25-fevralda, Sanremo musiqiy festivali davomida „Atlantic“ va „Warner Music Italy“ leybllari orqali sotuvga chiqarildi. Sanremodagi gʻalabadan soʻng, ushbu tarona Eurovision 2026 qoʻshiq tanlovida Italiya sharafini himoya qildi va beshinchi oʻrinni egalladi. Qoʻshiq Italiya chartlarida ikkinchi oʻringacha koʻtarilib, xonandaning ushbu mamlakatdagi eng yuqori natija koʻrsatgan taronasiga aylandi, shuningdek, Litvada ham kuchli oʻntalikka kirdi.

Umumiy maʼlumot Da Vinci ushbu tarona umuminsoniy muhabbat madhiyasi boʻlishini maqsad qilgan: „Bu yosh, shaxsiy qarashlari yoki oʻtmishdan qatʼi nazar, hech qanday chegara hamda toʻsiqlarni bilmaydigan, har bir insonga taʼsir qila oladigan muhabbat izhoridir. Men barcha uchun erkinlik boʻlishini xohlayman“ — deb ta'kidlaydi. „Erkinlik aslo oddiy narsa emas, u erkin yashash va oʻzligingni anglash, oʻzing kabi boʻla olish demakdir“. Il manifesto gazetasiga bergan intervyusida Sal Da Vinci oʻz qoʻshigʻini shunday tasvirlaydi: „Ushbu taronaning zamirida yosh avlod vakillari uchun yoʻllangan alohida bir murojaat bor“. „Vaʼdaga vafo qilish — hayotning eng muhim poydevoridir, u insonga ruhan xotirjamlik beradi“. Qoʻshiqda mangu muhabbat ulugʻlansa-da, asosiy g'oya — har bir inson oʻz kelajagini qura olishidir.

Tarixi "Per sempre sì" qoʻshigʻi Da Vincining oʻzi, Alessandro La Cava, Eugenio Maimone, Federica Abbate hamda xonandaning oʻgʻli Francesco Da Vinci hammuallifligida yozilgan boʻlib, unga Adriano Pennino musiqiy ishlov bergan, Merk & Kremont esa prodyuserlik qilgan]].. Rockol nashriga berilgan intervyuda taʼkidlanishicha, ushbu tarona Da Vincining Warner Records ovoz yozish studiyasi xodimi Filippo Gemignano bilan hamkorligi natijasida dunyoga kelgan. Tarona Warner Records studiyasiga taqdim etilgach, kompaniya tomonidan iliq qarshi olingani Da Vincini yanada ruhlantirdi va qoʻshiqni „Sanremo 2026“ musiqiy festivalining badiiy rahbari hamda boshlovchisi Carlo Contiga taqdim etishiga turtki boʻldi.

Klipi „Per sempre sì“ qoʻshigʻiga Giuseppe Marco Albano rejissyorligida suratga olingan videoklip tarona taqdimoti bilan bir vaqtda Da Vincining YouTube kanali orqali eʼlon qilindi va unda italiyalik raqqoslar Francesca Tocca hamda Marcello Sacchetta ham ishtirok etishdi.

Chartlar + "Per sempre sì" qo'shig'ining chartlardagi o'rni Chartlar (2026) eng yuqori o'rni Xorvatiya (xalqaro radio-xitlar paradi, Top lista) 11 Gretsiya (xalqaro, IFPI) 2 Italiya (FIMI) 2 Italiya radio-xitlar paradi(EarOne) 3 Litva (AGATA) 4 Malta radio-xitlar paradi (Radiomonitor) 16 Shvetsiya (Sverigetopplistan) 89

Manbalar

Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Italiya qo'shiqlari Turkum:2026-yil singllari