„Eclipse“ — avstraliyalik qoʻshiqchi va qoʻshiq muallifi Delta Gudrem ijrosidagi qoʻshiq boʻlib, 2026-yil 1-mart kuni Atled va Better Now Records leyblari orqali chiqarilgan. Qoʻshiq matni Gudrem tomonidan prodyuser Michael Fatkin bilan hamkorlikda, hammualliflar Yonas Mirin va Ferras Alqaisi bilan birga yozilgan. „Eclipse“ Avstraliyani ifodalagan va 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etib, 2023-yilgi avstriyalik ishtirokchi tomonidan kuylangan „Promise“dan keyin ilk bor finalga chiqqan avstraliyalik qoʻshiq boʻldi. U 287 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi va Gudremning sakkizinchi studiyaviy albomi — Pure (2026)ga kiritilishi rejalashtirilgan.
„Eclipse“ ARIA singllar reytingida toʻqson toʻqqizinchi oʻringa, ARIA Top 20 Australian Artist Singles Chart reytingida ikkinchi oʻringa, AIR mustaqil singllar reytingida esa birinchi oʻringa koʻtarildi. Shuningdek, qoʻshiq Buyuk Britaniya singllar sotuvi reytingi va yuklab olingan singllar reytingida ham kuchli oʻnlikka kirdi.
Tarixi Yaratilishi va kompozitsiyasi Eclipse qoʻshigʻi Michael Fatkin tomonidan yozilgan va prodyuserlik qilingan, qoʻshimcha mualliflik huquqi esa Delta Gudrem, Yonas Mirin va Ferras Alqaisiga tegishli. Hope 103.2 bilan intervyusida Mirin qoʻshiq gʻoyasi Gudrem bilan ishlash uchun Avstraliyaga uchayotgan samolyotda kelganini aytdi. U qoʻshiqning asosiy gʻoyasini „hayotdagi, goʻyoki jannatdan bir lahzalik manzaradek tuyuladigan, kamyob va deyarli gʻayritabiiy onlardan ilhomlangan“, deb taʼriflagan, bunda quyosh tutilishi hodisasi birlik va uygʻunlik timsoli sifatida talqin qilingan.
2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi Ichki tanlov
2025-yil 3-sentabr kuni oʻzlarining taqdimot marosimida SBS 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etish niyatini eʼlon qildi. 2026-yil 1-mart kuni Gudremning Avstraliya nomidan ishtirok etishi rasman maʼlum qilindi. Matbuotga bergan bayonotida Gudrem oʻzining tanlanishini „bayram“ deb atadi va ilgari Eurovisionda ishtirok etgan Selin Dion va Oliviya Nyuton-Jonni oʻziga ilhom manbai sifatida tilga oldi.
Eurovision 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi Venadagi Viner Shtadxalle arenasida boʻlib oʻtdi. Tadbir doirasida 12- va 14-may kunlari ikki yarim final, 16-may kuni esa grand final oʻtkazildi. 2026-yil 12-yanvarda boʻlib oʻtgan taqsimot qurʼasida Avstraliya ikkinchi yarim finalga tushdi va koʻrsatuvning ikkinchi yarmida sahnaga chiqishi belgilandi. Gudrem oʻn birinchi raqam ostida, Daniya vakili Soren Torpegaard Lunddan keyin va Ukraina vakili Lelékadan oldin sahnaga chiqdi, va 222 ball bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Finalga yoʻllanma olganidan soʻng, finalda ham sakizinchi boʻlib, ukrainalik Leléka ijrosidan keyin va Serbiya vakili Lavinadan oldin sahnaga chiqdi. Gudrem yakunda 287 ball bilan toʻrtinchi oʻrinni egalladi.
Manbalar
Turkum:2026-yilgi qoʻshiqlar