Anna Henrietta Bergendal (1991-yil 11-dekabrda tugʻilgan) — shved qoʻshiqchi va bastakor. Xonanda 2004-yilda TV4 telekanalining Super Troupers musiqiy dasturida hamda 2008-yilda Idol 2008 tanlovida ishtirok etib, eng yaxshi beshlikka qadar yetib borgan.

2009-yilda Bergendal Lionheart Records bilan shartnoma imzolagan. Uning ilk studiyaviy albomi 2010-yil 14-aprelda chiqarilgan. Bergendal Melodifestivalen 2010 tanlovida "This Is My Life" qoʻshigʻi bilan gʻolib chiqib, Shvetsiya nomidan Eurovision qoʻshiq tanlovi 2010da ishtirok etgan. Biroq u ikkinchi yarim finalda 62 ball bilan 11-oʻrinni egallab, final bosqichiga chiqa olmagan. Ushbu qoʻshiq 2010-yil 5-mart kuni Shvetsiya xit-paradida birinchi oʻringa koʻtarilgan.

Biografiyasi

Dastlabki hayoti

Bergendal Hägersten (Stokholm)da tugʻilgan va Nyköping hamda Katrineholm shaharlarida ulgʻaygan. Uning naslida irlandiyalik ajdodlar ham mavjud, chunki buvisi Irlandiyada tugʻilgan va shu yerda iatiqomat qilib keladi. U ilk marta sakkiz yoshida York shahridagi soborda tomoshabinlar qarshisida chiqish qilgan.

Idol 2008

Bergendal TV4 telekanalining Idol 2008 isteʼdodlar tanloviga Bonnie Raittning „Have a Heart“ qoʻshigʻi bilan chiqish qilib saralashdan muvaffaqiyatli oʻtgan. Uning chiqishi hakamlar — Laila Bagge, Anders Bagge va Andreas Carlsson tomonidan yuqori baholangan.

Keyinchalik u ABBAning „Mamma Mia“, Py Bäckmanning „Stad i ljus“, „Save Up All Your Tears“, Leona Lewisning „Bleeding Love“, „The Best“ va „Over the Rainbow“ kabi qoʻshiqlarni ijro etgan.

Bergendal tanlov mavsumini beshinchi oʻrinda yakunlagan. Mazkur mavsum gʻolibi Kevin Borg boʻlganAnna Bergendahl från Idol till Melodifestivalen .

2009-yilda Bergendal bilan Kristian Lagerström va Bobby Ljunggren bogʻlanib, undan Melodifestivalen 2010 uchun qoʻshiq yozib olishni xohlash-xohlamasligini soʻrashgan.

Manbalar