„Mother Nature“ (lyuksemburgcha: Mamm Natur) — lyuksemburglik xonanda, qoʻshiqlar muallifi va skripkachi Eva Marija tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Qoʻshiq Eurovision qoʻshiq tanlovi 2026da Lyuksemburg vakili sifatida ishtirok etdi. Bu mamlakatning tanlov tarixida butunlay ingliz tilida ijro etilgan ilk taronasi boʻldi. Shuningdek, ushbu tarona Lyuksemburg 2024-yilda tanlovga qaytganidan keyin finalga chiqa olmagan birinchi qoʻshiq sifatida qayd etildi.
Eurovision qoʻshiq tanlovi Lyuksemburg qoʻshiq tanlovi 2026 2025-yil 30-oktyabrda Eva Marija „Lyuksemburg qoʻshiq tanlovi 2026“ tanlovining 8 ta ishtirokchisidan biri sifatida eʼlon qilindi. Uning tanlovda ishtirok etgan „Mother Nature“ taronasi keyinchalik, 2025-yil 12-dekabrda ommaga taqdim etildi. 2026-yil 14-yanvarda boʻlib oʻtgan tanlovda Marija superfinalga yoʻllanma olgan uchta finalistdan biri sifatida eʼlon qilindi. Ovoz berish jarayoni yakunlangach, Marija ham hakamlar, ham jamoatchilik ovoziga koʻra 1-oʻrinni egalladi. Natijada u tanlov gʻolibiga aylandi va Lyuksemburg nomidan 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi.
Eurovisionda 2026-yilgi Eurovision qoʻshiq tanlovi Avstriyaning Vena shahridagi „Wiener Stadthalle“ arenasida boʻlib oʻtdi. Shu yilning 12 va 14-may kunlari musobaqaning ikkita yarim finali hamda 16-may kuni final bosqichi boʻlib oʻtdi. 2026-yil 12-yanvarda oʻtkazilgan qur’a tashlash natijasiga koʻra, Lyuksemburg 14-may kunidagi ikkinchi yarim finalning birinchi qismida ishtirok etadigan boʻldi.
Bahs-munozaralar „Mother Nature“ taronasi britaniyalik xonanda Birdy ijrosidagi „Keeping Your Head Up“ qoʻshigʻiga oʻxshashligi tufayli bahs-munozaralarga sabab boʻldi. Shu sababli, RTL bu masala yuzasidan hamkor tashkilotlar bilan maslahatlashdi. Lyuksemburgning Eurovision tanlovidagi media-menejeri Jeff Spielmann gazetaga bergan intervyusida shunday deydi: "Shunisi aniqki, Mother Nature qoʻshigʻi oʻtgan yili Rockhaldagi ijodiy lagerda kompozitorlar va ijrochining oʻzi tomonidan birgalikda yozilgan. Birdy ijrosidagi tarona esa bu qoʻshiq uchun hech qanday asos yoki namuna vazifasini oʻtamagan. 2026-yil 11-fevralda qoʻshiqning Eurovision tanlovida ishtirok etishiga rasman ruxsat berildi. Jeff Spielmann „L’Essentiel“ gazetasiga bergan bayonotida shunday dedi: „Avstriyadagi tanlovga tayyorgarlik odatdagidek davom etmoqda“ „Biz hozircha qoʻshimcha choralar koʻrishga hech qanday ehtiyoj yoʻq, degan qarorga keldik“ „Qoʻshiqning hozirgi variantiga jiddiy oʻzgartirishlar kiritilmaydi“ „Shunday ekan, yangi tarona yozilishiga ham hojat yoʻq“.
Chartlar + „Mother Nature“ qoʻshigʻining chartlardagi oʻrni Chartlar (2026) Eng yuqori oʻrni Lyuksemburg (Billboard) 25
Manbalar
Turkum:Eurovision qoʻshiq tanlovi Turkum:Lyuksemburg qo'shiqlari Turkum:2025-yil singllari