Memory for Forgetfulness (arabcha: Dhakirah li-al-nisyan) — falastinlik shoir Mahmud Darvesh qalamiga mansub, 1987-yilda chop etilgan nasriy doston. U Livan fuqarolar urushi va 1982-yilgi Isroilning Livanga bostirib kirishi davridagi Bayrut qamaliga bagʻishlangan memuar xarakterdagi asardir. Doston 1995-yilda Ibrohim Muhaviy tomonidan ingliz tiliga, Salmon Masolha tomonidan esa ivrit tiliga tarjima qilingan.
Tarixi Mahmud Darvesh “Memory for Forgetfulness” asarini 1986-yilda Parijda yozgan. Ibrohim Muhaviyning taʼriflashicha, shoir 1982-yilning yozgi qamali paytidagi yolgʻizlik hissini qayta jonlantirish uchun oʻzini uch oy davomida “ixtiyoriy qamalga” olib, ushbu asarni qogʻozga tushirgan. U dastlab bu asarni 1986-yilda oʻzi muharrirlik qilgan Al-Karmel jurnalida muqaddima sifatida “Vaqt: Bayrut. Makon: Avgust.” sarlavhasi ostida avtobiografiya koʻrinishida eʼlon qiladi. 1987-yilda dostonni alohida kitob holida qayta nashr ettirayotganda esa uning nomini “Dhakirah li-al-nisyan” deb oʻzgartiradi.
“Memory for Forgetfulness” dostonida Mahmud Darvesh tugʻilish, oʻlim, qahva, kabutarlar va chuvalchanglar kabi ramzlardan foydalangan holda Livan fuqarolar urushi va Isroil istilosi davridagi hayot vahimasini, yashash uchun kurash qoʻrquvini mahorat bilan tasvirlaydi. Bundan tashqari, doston boʻylab ayni shu ramzlar vositasida falastinliklarning oʻz Vatanlarini yoʻqotganliklari haqidagi shoirning ichki kechinmalari va falsafiy mushohadalari chuqur yoritib beriladi.
Manbalar
Havolalar Memory for Forgetfulness in The Baffler
Turkum:Falastin she’rlari Turkum:Arab tilidagi she’rlar