Rani Johann Petersen (1997-yil 24-noyabrda tugʻilgan) — Reiley taxallusi bilan tanilgan farerlik xonanda. U 2023-yilda „Breaking My Heart“ qoʻshigʻi bilan Daniya sharafini „Eurovision-2023“ tanlovida himoya qilgan.
Yoshligi va shaxsiy hayoti Petersen Farer orollarining Tórshavn shahrida tugʻilgan. U olti yoshidan pianino chalishni boshlagan, biroq oʻsmirlik davrida gimnastikaga koʻproq eʼtibor qaratgan. Bir necha yil oʻtgach, maktab spektaklida qatnashgach uning musiqaga boʻlgan qiziqishi qaytgan va u qoʻshiqchilik saboqlarini olishni boshlagan.
U Londonda yashaydi, 2023-yil fevral holatiga koʻra esa vaqtincha Kopengagenda istiqomat qilgan. Shuningdek, u TikTok platformasida 10,4 milliondan ortiq kuzatuvchiga ega.
Karyerasi „Eurovision“dan keyingi hayoti "Eurovision"dan soʻng qisqa vaqt ichida Reiley 2023-yil 19-may kuni Farer orollarining Vestmanna shahrida oʻtkaziladigan Bátastevnan musiqa festivalida chiqish qilishi eʼlon qilingan.
25-may kuni u „Lovesongs“ nomli yangi singlini chiqargan.
Shuningdek, Reiley 2023-yil 23–24-may kunlari Farer orollarining Tórshavn shahrida boʻlib oʻtgan Voxbotn musiqa festivalida ham sahnaga chiqgan.
Diskografiyasi
Mini-albomlari
BRB, Having an Identity Crisis (2021)
Singllari Nomi Yil Chartdagi eng yuqori natijasiAlbom DENESTAir.LTUAir. „Let It Ring“ 2021 — rowspan="6" colspan="2" „Superman“ —BRB, Having an Identity Crisis „YOU“ — „Strange Love“ — „Blah Blah Blah“ 2022 — rowspan="6" „Moonlight“ (=AB6IX bilan) — „Breaking My Heart“ 2023 31 — — „Lovesongs“ — 81 91"Feeling"2026———"Funny I Donʼt Miss You"———
Manbalar
Turkum:Tórshavnda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Eurovision ishtirokchilari