Ayman ibn Ubayd () yoki Ummu Ayman ibn Ayman ()https://sunnah.com/bukhari:3736 islom payg‘ambari Muhammadning sahobasi.
Ayman paygʻambar Muhammadni tarbiyalashda yordam bergan Baraka va uning Banu Xazraj qabilasidan boʻlgan birinchi eri Ubayd ibn Zaydning oʻgʻli boʻlgan. Onasi ikkinchi bor Zayd ibn Horisaga turmushga chiqqan. Ularning farzandi Usoma ibn Zayd Aymanning ona bir, ota boshqa oʻgay ukasi hisoblanadiBaladhuri, vol.1, p.96.
U Hunayn jangida arab qabilalariga qarshi musulmon qoʻshinlari safida jang qilib halok boʻlganmahallati, vol.2, p. 26.
Oʻgʻli al-Hajjoj ibn Ayman paygʻambar Muhammad hayotligida dunyoga kelgan. „Sahihi Buxoriy“ kitobida al-Hajjoj tomonidan rivoyat qilingan paygʻambar Muhammadning hadislari keltirilganHusayn Malika Ashtiyani, Bilal of Africa, p. 127.
Kelib chiqishi Aymanning onasi Baraka habash boʻlganZuhri, p 177; al-Tabarani, vol. 25, p. 86. U paygʻambar Muhammadning ota-onasi Abdulloh ibn Abdulmuttalib va Omina binti Vahbning xonadonida qul sifatida xizmat qilgan. Ominaning vafotidan keyin Baraka Muhammadning quliga aylanganIbn Saʼd, vol. 8, p. 223; Baladhuri, Vol. 1, p. 96.
Omina al-Abvoda vafot etganidan soʻng Muhammadga Baraka gʻamxoʻrlik qilgan va u bilan birga Makkadagi bobosi Abdulmuttalib ibn Hoshimning xonadoniga koʻchib oʻtgan. Baraka u yerda Muhammadning bolaligidaIbn Qutaybah, p. 150, shuningdek, keyinchalik voyaga yetganidaBaladhuri, vol.1, p.472 ham xizmat qilganIbn Hajar, al-Ithaba, vol.8, p. 380.
Muhammad paygʻambar Xadicha bint Xuvaylidga uylangach, Barakani ozod qilgan va Banu Xazraj qabilasidan boʻlgan sahoba Ubayd ibn Zaydga turmushga bergan. Bu nikohdan Ayman tugʻilganIbn Saʼd, vol. 8, p. 223; Ibn Saʼd, vol. 4, p. 61.
Aymanning otasi Ubayd ibn Zayd Xaybar jangida ishtirok etgan va shu jangda halok boʻlgan.
Paygʻambar Muhammad bilan munosabatlari Ilk islomiy manbalarda Ayman muhojirlardan biri sifatida tilga olinadi, yaʼni u Makkadan Madinaga koʻchib, Makkadagi Quraysh qabilasining diniy taʼqiblaridan qutulgan.
Onasi kabi Ayman ham paygʻambar Muhammadning xizmatiga kirgan. U paygʻambar Muhammad tahorat olishda foydalanadigan suv idishini koʻtarib yurishga mas’ul boʻlganAl Bidayah wa al Nihayah, vol. 6 pg. 39. Ayman, shuningdek, choʻpon ham boʻlib, paygʻambar Muhammadga tegishli 8 ta echkiga qaraganHusayn Malika Ashtiyani, Bilal of Africa, p. 119.
Undan bir hadis rivoyat qilingan. Hadisda paygʻambar Muhammad oʻgʻrining qoʻlini faqat oʻgʻirlangan narsa kamida qalqon qiymatiga teng boʻlsagina kesishni buyurgani aytiladi. Oʻsha davrda qalqon qiymati bir dona oltin tanga qiymatiga teng boʻlganSunan al Nasaʼi, vol. 5, Book 46, Hadith: 4946. Bu hadis „Sahihi Buxoriy“ hadislar toʻplamidagi rivoyat bilan ham tasdiqlanadiSahih al Bukhari, vol. 8, Book 81, Hadith: 788.
Vafoti Ayman ibn Ubayd Hunayn jangida musulmonlar qoʻshini safida jang qilib halok boʻlganmahallati, vol.2, p. 26.
Jangning bevosita guvohi boʻlgan Jobir ibn Abdullohning koʻrgan-bilganlari tarixchi Ibn Isʼhoq tomonidan yozib olingan boʻlib, ushbu maʼlumotlarga tayanib yana bir tarixchi Ibn Kasir shunday yozadi: Jobir ibn Abdullohning soʻzlariga koʻra musulmonlar qoʻshini dushmanning kutilmagan hujumidan sarosimaga tushib qolgan va koʻpchilik jang maydonini tashlab qochgan. Biroq bir guruh muhojirlar qatʼiy turib, jang maydonida paygʻambar Muhammadni himoya qilgan. Ular orasida Abu Bakr, Umar, Ali, Abbos ibn Abdulmuttalib, Abu Sufyon ibn al-Horis, Fadl ibn Abbos, Rabiʼa ibn al-Horis, Usoma ibn Zayd va Ayman ibn Ubayd bor edi. Ayman oʻsha kuni paygʻambar Muhammadni himoya qilish chogʻida shahid boʻlganIbn Kathir, The Battles of the Prophet, p. 175-176.
Ayman vafot etgach, Muhammad paygʻambarning amakisi Abbos ibn Abdulmuttalib Aymanning sobitligi va jasoratini madh etib sheʼr bitganHusayn Malika Ashtiyani, Bilal of Africa, p. 119.
Yana qarang Ummu Ayman Usoma ibn Zayd Bilol ibn Raboh Sahobalar Arab bo‘lmagan sahobalar roʻyxati Ayman
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Arab boʻlmagan sahobalar Turkum:630-yilda vafot etganlar Turkum:612-yilda tugʻilganlar