A1 (KAZ02) — Qozog‘istondagi avtomobil yo‘li bo‘lib, uzunligi 452 km ni tashkil etadi. U Yevropa avtomobil yo‘nalishi E125 va Osiyo avtomobil yo‘nalishi AH64 tarkibiga kiradi. Yo‘l Ostonani Koʻkchatov va Petropavl shaharlari bilan bog‘laydi. Ostona va Koʻkchatov oralig‘idagi 292 kilometrlik qismi pullik avtomagistral hisoblanadiПо данным карт Викимапии. Измерения с помощью инструмента «Измерение расстояния»..

Yo‘l Oqmoʻla viloyati va Shimoliy Qozog‘iston viloyati hududlari orqali o‘tadi.

Marshruti + A1 marshruti Ostona → 180 km → Makinsk → 37 km → Shuchinsk → 75 km → Koʻkchatov → 189 km → Petropavl

Ostona va Koʻkchatov orasidagi 292 kilometrlik qism pullik avtomagistral hisoblanadi. Yengil avtomobillar uchun tarif 1 kilometrga 1 tenge, yuk avtomobillari uchun esa 29 tengegacha etadi. Ushbu uchastkada ruxsat etilgan maksimal tezlik 140 km/soat ni tashkil etadi.

Yo‘l qoplamasi Yo‘l qoplamasining sifati:

Ostona – Shuchinsk uchastkasi I toifadagi, harakat yo‘nalishlari ajratilgan olti polosali avtomagistraldir.

Tarixi Ostona – Shuchinsk avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari 2006-yilda boshlangan va uch yil davom etgan. Yuqori tezlikka mo‘ljallangan avtomagistral 2009-yilda foydalanishga topshirilgan.

Magistralning har bir kilometri qurilishiga o‘rtacha 3,7 million AQSh dollari sarflangan. Yo‘l xalqaro standartlarning barcha talablariga javob beradi.

Ostona – Shuchinsk uchastkasida pullik harakat tizimi 2013-yilda joriy etilgan.

2017-yilda Koʻkchatov – Petropavl uchastkasini rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan.

Qiziqarli fakt A1 Qozog‘istonda sobiq Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi davridagi avtomobil yo‘llari raqamlanish tizimi bilan bog‘liq bo‘lmagan yangi raqam berilgan ilk avtomobil yo‘li hisoblanadi.

Manbalar

Turkum:Qozogʻiston yoʻllari