Mohamed Hany Gamal El-Demerdash (1996-yil 2-fevralda tugʻilgan) — misrlik professional futbolchi, Misr Premyer-ligasi ishtirokchisi „Al Ahly“ klubi va Misr terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati Hani „Al-Ahli“ klubi tarbiyalanuvchisidir. U 2014-yil 18-oktyabrda „Al-Shorta“ga qarshi oʻyinda Misr chempionatida debyut qilgan. 2018-yilning 19-fevralida „Al-Nasr“ga qarshi kechgan bahsda Mohamed „Al-Ahli“ safidagi oʻzining ilk golini kiritgan. Jamoa tarkibida futbolchi sakkiz karra Misr chempioni boʻlgan, mamlakat kubogini hamda CAF Chempionlar ligasini qoʻlga kiritdi va qitʼalararo kubokda ishtirok etgan.

Terma jamoadagi faoliyati 2015-yilda Hani Misr olimpiya terma jamoasi tarkibida Senegalda oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Afrika Kubogida ishtirok etgan. Turnirda u Jazoir va Nigeriyaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2016-yil 27-yanvarda Iordaniyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Hani Misr terma jamoasi safida debyut qilgan.

2024-yilda Hani Kot-d’Ivuarda boʻlib oʻtgan Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Mozambik, Kabo-Verde va Kongo DRga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.

2025-yil 2-dekabrda Hany 2025-yilgi Afrika Millatlar Kubogida ishtirok etish uchun Misr terma jamoasi tarkibiga kiritilgan.

Mohamed 2026-yil 15-iyun kuni 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatini guruh bosqichidagi dastlabki oʻyinida Belgiya terma jamoasiga qarshi bahsda oʻz darvozasiga toʻp kiritib, hisobni 1:1 koʻrinishiga keltirgan. Keyinroq u nimchorak final bosqichida Misrning Avstraliya terma jamoasiga qarshi oʻyinida yana bir avtogol muallifiga aylangan va Jahon chempionati tarixida ikkita avtogol urgan birinchi futbolchi boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Misrlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Al Ahly SC futbolchilari Turkum:Misr Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:CAF Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar Turkum:Misr milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari