Mehmed: Bir Cihan Fatihi — „O3 Medya“ tomonidan suratga olingan, 2018-yil 20-martdan boshlab „Kanal D“ telekanalida namoyish etilgan tarixiy va badiiy janrdagi turk teleseriali. Serialda Sulton Mehmed II Fotihning Istanbul fathidan soʻng boshlangan hokimiyat uchun kurashi hikoya qilinadi. Serial 2018-yil 1-may kuni efirga uzatilgan 6-qismi bilan yakunlangan.

Mavzusi Serial eng mashhur Usmonli sultoni Fatih Sulton Mehmed hayoti haqida hikoya qiladi. Uning hokimiyatga kelishi, taxtga oʻtirishi uchun yengishi kerak boʻlgan toʻsiqlar, davlat arboblari va ukasi Oʻrxon bilan toʻqnashuvlari hamda nihoyat, mashhur Vizantiya shahri Konstantinopolning zabt etilishi. Biroq, Mehmed oʻz orzusini roʻyobga chiqarguniga qadar, koʻplab odamlar uning yoʻliga toʻsiq boʻlib chiqadi.

Manbalar

Havolalar

Turkum: Usmonli imperiyasi haqidagi teleseriallar Turkum:Turkiya tarixiy teleseriallari Turkum:Tarixiy seriallar Turkum:Mehmed II Turkum:Kanal D seriallari