Xurshid Xoʻjayev (1988-yil 14-fevralda Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrida tugʻilgan) — oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi. Karyerasi davomida darvozabon ampulasida oʻynagan. U Oʻzbekiston Superligasining „Neftchi“, „Navbahor“, „Andijon“, „OKMK“, „Buxoro“, „Istiqlol“ (Fargʻona) va „Qoʻqon-1912“ klublari sharafini himoya qilgan.

Klublardagi keryerasi Xurshid Xoʻjayev futbol bilan 10 yoshidan shugʻullana boshlagan. U Qoʻqondagi futbol maktab-internatini tamomlagan. Dastlabki professional faoliyatini 2012-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubida boshlagan va 2013-yil mavsumi yakuniga qadar jamoa darvozasini qoʻriqlagan.

2014-yilda Xoʻjayev „Navbahor“ klubiga oʻtgan. U 2014–2015-yilgi mavsumlarda Namangan jamoasi safida Oʻzbekiston chempionati va Oʻzbekiston Kubogi bahslarida ishtirok etgan. 2016-yildan boshlab esa faoliyatini „Andijon“ klubida davom ettirgan. Shundan soʻng 2017–2018-yillarda „OKMK“ sharafini himoya qilib, jamoa tarkibida ichki musobaqalarda maydonga tushgan. Ushbu klub safida u oʻsha davr uchun Oliy liga rekordi hisoblangan 811 daqiqalik quruq oʻyinlar seriyasini qayd etgan.

2019-yilgi mavsumda „Buxoro“ klubi safida oʻynagan Xoʻjayev, 2020-yilda „Istiqlol“ (Fargʻona) jamoasiga koʻchib oʻtgan. 2021-yilgi mavsumni esa „Qoʻqon-1912“ tarkibida oʻtkazdi. 2022-yilda yana „Andijon“ klubi safiga qaytib, jamoa bilan Oʻzbekiston Pro ligasi bahslarida ishtirok etgan.

2023-yil boshida Xoʻjayev ikkinchi bor „Navbahor“ bilan shartnoma imzolagan. Klub bilan yangi mavsum oldidan Turkiyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinida ishtirok etgan.

Shaxsiy hayoti Xurshid Xoʻjayev Qoʻqon shahrida tugʻilgan. Uning ilk murabbiylari Narimon Asanov va Rifat Hasanov hisoblanadi. U oilali boʻlib, uch nafar farzandning otasi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Guliston klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:AGMK futbolchilari Turkum:Buxoro futbol klubi futbolchilari Turkum:Qoʻqon 1912 klubi futbolchilari Turkum:Istiqlol Fargʻona klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari