Boburiylar musavvirligi — Hindiston yarimorolida Boburiylar saltanati davrida vujudga kelgan miniatyura sanʼati uslubi boʻlib, u, asosan, kitob illyustratsiyalari yoki albomlarda (muraqqa) saqlanadigan alohida asarlar shaklida yaratilgan. Ushbu yoʻnalish fors miniatyurasi asosida shakllangan boʻlib, oʻz navbatida, Xitoy va Yevropa sanʼatining kuchli taʼsirini ham oʻziga singdirgan. Shuningdek, Boburiylar musavvirligi oʻz taraqqiyoti davomida mahalliy hind hamda Islom anʼanalari bilan ham boyigan. Nomidan koʻrinib turganidek, ushbu tasviriy uslub XVI–XIX asrlar oraligʻida Hindistonda hukmronlik qilgan Boburiy hukmdorlar davrida rivojlangan va oʻzining yuksak bosqichiga erishgan.
Boburiy hukmdorlar musulmon boʻlib, yarimorolda Islom eʼtiqodini mustahkamlash hamda Islom (xususan, forsiy) sanʼat va madaniyatini yoyishda ularning xizmati katta boʻlgan.
Boburiylar musavvirligida fors miniatyurasiga qaraganda realistik portretlarga boʻlgan qiziqish darhol koʻzga tashlandi. Oʻsimlik va hayvonot olami albomlar uchun ishlangan koʻplab miniatyuralarning bosh mavzusiga aylanib, birmuncha hayotiy hamda aniq shakllarda gavdalantirildi. Fors va hind adabiyotining koʻplab klassik asarlariga illyustratsiyalar chizilishi davom etgan boʻlsa-da, Boburiy hukmdorlarning (Boburdan boshlangan) esdaliklar va kundaliklar yozishga boʻlgan ishtiyoqi rasmiy tarixiy yilnomalar turkumiga kiruvchi „Podshohnoma“ kabi oʻta dabdabali bezatilgan asarlarning yuzaga kelishiga zamin yaratdi. Asarlarning mavzu doirasi gʻoyat boy va xilma-xil boʻlib, u portretlar, saroy hayoti manzaralari, muhim voqealar, yovvoyi tabiat hamda ov va jang sahnasi tasvirlarini oʻz ichiga oladi. Markaziy tasvirni oʻrab turuvchi, nafis va boy bezatilgan hoshiyalar boʻyicha forsiy anʼanalar davom ettirildi. Shuningdek, voqealarga tepadan qarash shaklidagi forsiy tasvirlash qoidasining biroz oʻzgartirilgan koʻrinishidan foydalanildi.
Keyinchalik Boburiylar musavvirlik uslubi Hindistonning boshqa musulmon, hindiy va keyinchalik sikh saroylariga ham yoyildi hamda undan koʻpincha hinduiylik mavzularini tasvirlashda foydalanildi. Bu jarayon, asosan, Shimoliy Hindistonda kechdi. Ushbu saroylarda uslubning koʻplab mahalliy koʻrinishlari shakllanib, ular birmuncha dadilroq, lekin unchalik nafis boʻlmagan shakl oldi. Bunday uslublar koʻpincha „Boburdan keyingi“, „sub-boburiy“ yoki „viloyatga xos boburiy“ uslubi deb yuritiladi.
Predmetlar
Portretlar
Boburiylar uslubida realistik portretchilik ancha vaqtliroq yetakchi oʻringa chiqdi. Odatda profildan chizilgan bu portretlarga Boburiylar saroyida mavjud boʻlgan Gʻarb gravyuralari kuchli taʼsir koʻrsatgan. Vaholanki, bunday xususiyat ilgari na fors miniatyurasida, na hind musavvirligida kuzatilgan edi. Portretlarda holat deyarli oʻzgarmas boʻlib, unda qatʼiy profildan berilgan bosh qismi va kuzatuvchiga qarata biroz burilgan tana aks ettirilgan. Uzoq vaqt davomida portretlarda faqat erkaklar, baʼzan esa ularning yonida umumlashtirilgan qiyofadagi choʻrilar yoki kanizaklar tasvirlangan. Biroq olimlar oʻrtasida saroydagi ayollarning portretlarda aks ettirilishi xususida bahslar haligacha davom etmoqda. Ayrim tadqiqotchilar Jahonoro Begim hamda Mumtoz Mahal kabi tarixiy shaxslarning bizgacha yetib kelgan aniq tasvirlari mavjud emasligini taʼkidlasalarCrill and Jariwala, 23-30Abid. Reign of Shah Jahan, portrait by Abid dated 1628; assembled late 17th century. Mirror Case With Portrait of Mumtaz Mahal. Freer Gallery of Art. F2005.4 , boshqalari, masalan, Doro Shukoh albomidagi yoki Frir sanʼat galereyasidagi koʻzgu bilan tasvirlangan miniatyuralarni ushbu mashhur aslzoda ayollarga nisbat berishadi. Rizo Abbosiy uslubiga xos boʻlgan yolgʻiz ideallashtirilgan qiyofa bu yerda unchalik ommalashmadi, biroq kaskadli saroy muhitida tasvirlangan oshiqlarning toʻliq rangli manzaralari keyinchalik katta shuhrat qozondi. Maishiy lavhalar, ayniqsa, musulmon yoki hindiy avliyolar va taqvodorlar tasvirlangan rasm-chizgilar ham keng tarqaldi.
Akbarshoh oʻzining ulkan saroyidagi aʼyonlar portretlaridan iborat maxsus albomga ega boʻlgan (hozirda bu albom sochilib ketgan). Ushbu toʻplam amaliy maqsadga xizmat qilgan. Yilnomachilarning yozishicha, Akbarshoh maslahatchilari bilan turli tayinlovlar va shunga oʻxshash masalalarni muhokama qilayotganda, gap kim haqida ketayotganini xotirasida tiklash uchun ushbu albomga murojaat qilib turgan. Oʻrta asrlar Yevropasidagi avliyolar tasviriga oʻxshab, bu yerdagi koʻplab shaxslar ham oʻzlarini tanib olishni osonlashtiradigan muayyan buyumlar bilan aks ettirilgan, aks holda ular oddiy, tekis fonda tasvirlangan boʻlib qolishi mumkin ediCrill and Jariwala, 66. Akbarshohning bir qancha nafis portretlari saqlanib qolgan boʻlsa-da, hukmdor portretining hind miniatyurasida yetakchi mavzu sifatida uzil-kesil qaror topishi va butun Hindiston boʻylab musulmon hamda hindiy knyazlik saroylariga yoyilishi uning vorislari — Jahongir va Shoh Jahon hukmronligi davriga toʻgʻri keldiCrill and Jariwala, 27–39, and catalogue entries.
Manbalar
Adabiyotlar Beach, Milo Cleveland, Early Mughal painting, Harvard University Press, 1987, , , google books Crill, Rosemary, and Jariwala, Kapil. The Indian Portrait, 1560–1860, National Portrait Gallery, London, 2010, Eastman, Alvan C. „Mughal painting.“ College Art Association . 3.2 (1993): 36. Web. 30 Sep. 2013. „Grove“, Oxford Art Online, „Indian sub., §VI, 4(i): Mughal ptg styles, 16th–19th centuries“, restricted access. Harle, J. C., The Art and Architecture of the Indian Subcontinent, 2nd edn. 1994, Yale University Press Pelican History of Art, Kossak, Steven. (1997). Indian court painting, 16th-19th century. Metropolitan Museum of Art. Losty, J. P. Roy, Malini (eds), Mughal India: Art, Culture and Empire, 2013, British Library, , 9780712358705 „Mughal Painting.“ Encyclopædia Britannica. Encyclopædia Britannica Academic Online Edition. Encyclopædia Britannica Inc., 2013.Web. 30 Sep 2013. Titley, Norah M., Persian Miniature Painting, and its Influence on the Art of Turkey and India, 1983, University of Texas Press, 0292764847 Sarafan, Greg, „Artistic Stylistic Transmission in the Royal Mughal Atelier“, Sensible Reason, LLC, 2007,
Qoʻshimcha oʻqish uchun Painting for the Mughal Emperor (The Art of the Book 1560–1660) by Susan Stronge () Fiction in Mughal Miniature Painting by Prof. P. C. Jain and Dr. Daljeet Painting the Mughal Experience by Som Prakash Verma, 2005 () Chitra, Die Tradition der Miniaturmalerei in Rajasthan by K.D. Christof & Renate Haass, 1999 ()
by Greg Sarafan, Esq., 2007
Havolalar
Indian Court Painting, 16th–19th Century from the Metropolitan Museum of Art National Museum, Delhi – Mughal paintings San Diego Museum of Art Collection: Art of the Mughal Empire Michigan universiteti san’at muzeyidan
Turkum:Boburiylar san’ati Turkum:Islomiy tasviriy qo‘lyozmalar