Ibrohim Gʻofurov (1937-yil 27-dekabr — Toshkent — 2026-yil 6-iyun) — yozuvchi, tarjimon, tarjimashunos, tanqidchi. 1937-yil 27-dekabrda Toshkentda hunarmand oilasida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tugatgach, 1956—1961-yillara SAGU (hozirgi OʻzMU) ning filologiya fakultetida oʻqidi. 1961—1982-yillarda Davlat badiiy adabiyot nashriyotida kichik muharrir, tahririyat mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida ishladi. 2025-yil Ogahiy nomidagi Xalqaro badiiy tarjimonlik tanlovida jahon nasridan oʻzbek tiliga tarjima yoʻnalishi boʻyicha taqdirlandi.

Faoliyati Mumtoz adabiyot, folklor, adabiy tanqid, badiiy tarjima, koʻp tomlik asarlarning nashr etilishida munosib hissasini qoʻshdi. 1982-1995-yillarda „Oʻzbekiston adabiyot va sanʼati“ gazetasida bosh muharrir oʻrinbosari boʻlib ishladi. 1995-yilda „Milliy tiklanish“ demokratik partiyasini tashkil etdi. U mazkur partiyaning raisi (1996-yildan), „Milliy tiklanish“ gazetasining bosh muharriri.

Asarlari Ibrohim Gʻafurov „Goʻzallikning olmos qirralari“ (1964) „Unutilmagan bogʻ“ (1965), „Joziba“ (1970), „Yonar soʻz“ (1973), „Yam-yashil daraxt“ (1976), „Yurak-alanga“ (1980). „Lirikaning yuragi“ (1982), „Sheʻriyat - izlanish demak“ (1984), „Oʻttiz yil izhori“ (1987), „Dil erkinligi“ (1998) singari adabiy tanqidiy, badia kitoblar muallifi. U „Darvoza“, „Humo qushim“, „Qaldirgʻochim“ singari sheʼriy nasrlar yoxud mansuralari bilan eʼtibor qozondi. ,,Yangi asr avlodi" nashriyoti tomonidan muallifning 20 jildlik asarlari nashr etish rejalashtirilib, hozirgacha 8 jildi chop etilgan.

Tarjimalari Ibrohim Gʻafurov jahon adabiyotidan (Mopassan)ning „Azizim“ asari bilan tarjimonlik olamiga kirib keladi. Keyinchalik "Jinoyat va jazo", „Telba“, „Qimorboz“, ,,Aka-uka Karamazovlar", „Iblislar“, ,,Ayrilmas er" (F. Dostoyevskiy), „Alvido, qurol“, „Chol va dengiz“ (E.Xeminguey), „Qiyomat“, „Chingizxonning oq buluti“ (Ch. Aytmatov), „Yongʻin“ (V. Rasputin), ,,Buzrukning kuzi" (G. G. Markes) singari asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Eng mashhur tarjimasi Jeyms Joysning „Uliss“ shox asaridir.

Mukofotlari Ibrohim Gʻafurov filologiya fanlari nomzodi (1973), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti (1989) laureati, „Doʻstlik“ ordeni sohibi (1995). 1996-yildan u I va II chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Parlamentda „Milliy tiklanish“ eraksiyasi rahbari, 2000-yildan Oliy Majlis matbuot va axborot qoʻmitasi raisi oʻrinbosari. 2021-yilda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni bilan taqdirlangan.Ozod Sharafiddinov. Balogʻat. ("Matbuot fidoiylari" Toʻplam. 3-Kitob "Oʻzbekiston nashriyoti", 2002.)Najmiddin Komilov. Bedor qalb. „Tafakkur“ jurnali, 1997, 4-son

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar Turkum:Mehnat shuhrati ordeni sohiblari Turkum:Doʻstlik ordeni sohiblari Turkum:Oʻzbekiston qahramonlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari Turkum:Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Oʻzbekiston adabiyotshunoslari Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining deputatlari Turkum:Adabiyotshunoslar